Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Jasur Abduraimov: «VARdan qanday vaziyatda foydalanish kerak, tushunmayapman...»

Jasur Abduraimov: «VARdan qanday vaziyatda foydalanish kerak, tushunmayapman...»

Baho:
+ | -

“Metallurg” – “So‘g‘diyona” uchrashuvidan keyin mezbonlar jamoasi bosh murabbiyi matbuot anjumanida o‘z fikr-mulohazalari bildirdi.

— O‘yin yaxshi bo‘ldi. Menimcha yomon o‘ynamadik. Gollarning har ikkalasini standart vaziyatdan o‘tkazib yubordik. Xatolarimizni ko‘rib oldik, tahlil qilamiz. Demak, ko‘proq standart vaziyatlar bo‘yicha ishlashimiz kerak ekan. Taktik jihatdan raqibga yutqazmadik. Bu jihatdan o‘yin durangga mos edi. Agar standartlardan gol o‘tkazib yubormaganimizda.

— VAR bilan to‘xtalishlar ko‘p bo‘ldi...
— VAR bo‘yicha o‘zimning fikrimni aytadigan bo‘lsam, men to‘g‘risi tushunmadim. Menimcha hakamlarning o‘zlari ham nima qilishayotganligini bilishmayapti. Keraksiz joylarda o‘yinlarda uzoq to‘xtalishlar bo‘layapti va futbolning jozibasi yo‘qolayapti. Futbolchilar tempni yo‘qotib qo‘yishayapti. Maydon markazida o‘yin qoidasi buzilsa ham VARga chopishyapti. Tekshirishayapti. O‘yin to‘xtab qolayapti. Ayniqsa bugungidek ob-havoda – yomg‘irda futbolchilarning tanasi sovub qolib, 4-5 daqiqalar kutib qolishadigan bo‘lishsa, keyin o‘yinga yana kirishib ketishning o‘zi bo‘lmaydi. Yana bir jihati darvozadan 60 metr uzoqlikdagi vaziyatni tekshirishayapti-da, gol urayapmiz – VARga murojaat etishmayapti. Buni qanday izohlash mumkin. O‘zi qanday vaziyatlarda VARga qarash kerak, tushunmaysan kishi. Istagan vaqtlarida o‘yinni to‘xtatishadi, VARga qarashadi, futbolchilar esa kutib o‘tirishadi. Gol urilganda vaziyat 50/50 bo‘lsa, marhamat, boring, VARni ko‘rib, to‘g‘ri to‘xtamga keling. 5-6-7 daqiqa sarflamang, 2 daqiqada xulosaga kelsa bo‘ladi. Bizda 10 talik kamerada syomka qilinmayapti-ku. To‘rtta kameradan lavhalarni aylantirishga ham shuncha vaqt sarflasak. Har safar to‘xtalishlardan keyin futbolchilar yana o‘yinni boshidan boshlashlariga to‘g‘ri kelayapti.

— Bugun faqat ikkita o‘zgarish qildingiz, sababi nimada?
— Jizzax jamoasida o‘zingiz ko‘rdingiz, qanaqa o‘yinchilarni almashtirishdi. Har bitta o‘zgarish o‘yinni kuchaytirishga qaratilgan. Demak, zaxira o‘rindig‘i keng, zarur futbolchilari yetarli. Bizlarda esa zahiramizda 3-4 ta futbolchi bor, xolos. Ularning ham aksariyati yosh, endi katta futbolga kirib kelayotgan o‘yinchilar. Hozircha vaziyatimiz mana shunaqa. Boridan foydalanishga majburmiz.

— Keyingi o‘yindan nimalarni kutayapsiz.
— “Lokomotiv” hozir o‘yinini topib oldi. Toshkentdagi uchrashuv menimcha juda qiziqarli va murosasiz o‘tadi. O‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘ramiz, nasib bo‘lsa oxirigacha kurashamiz.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 18:05, 06.05.2021.
O'qildi: 2494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик