Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

To‘qqiz bolali oila vakili bo‘lgan Kantenator!

To‘qqiz bolali oila vakili bo‘lgan Kantenator!

Baho:
+ | -

Nafaqat kecha, balki “Real” va “Chelsi” o‘rtasidagi har ikki yarim final o‘yinida eng yaxshi futbolchi deb topilgan N'Golo Kante haqida yaqindan bilishning ayni vaqti.

Jahon futbolida u kabilar juda noyob hisoblanadi. Bir vaqtlar boshqa bir fransiyalik Klodd Makalele nomi markaziy yarim himoya, tayanch nuqtasida qolganlardan alohida tilga olinardi. Hozir Kante ko‘rsatayotgan o‘yin faqat buzishga emas, ijodga ham yo‘nalganini ko‘rib turib, u o‘zidan avvalgilardan ko‘ra ancha ildamlaganini sezish mumkin.

1991 yil Parijda tug‘ilgan N'Goloning ota-onasi 1980 yilda Malidan Fransiyaga ko‘chib o‘tishgan. Kantedan tashqari bu kamtar oilada yana 8 farzand bor. N'Goloning onasi farrosh, otasi esa chiqindini yig‘ib olish shirkatida ishlardi. Ha, darvoqe 7 yosh ekan N'Golo Fransiyada bo‘lib o‘tgan munialda (1998 yil) maydonga chiqadi. Tantanali tarzda, futbolchilarning qo‘lidan tutib do‘stlari bilan chiqib kelgan, deb o‘yladingiz-a? Yo‘q. O‘yindan so‘ng stadionni tartibga keltirish, chiqindilarni yig‘ib olish maqsadida, otasiga qarashish uchun.

Qahramonimiz 8 yoshidan boshlab “Syuren” futbol akademiyasiga qatnay boshladi. Mitti jussasi tufayli uzoq vaqt murabbiylar uni nazarga ilmay kelishdi. 18 yoshida “Bulyon” klubi uni tarkibiga jalb qilgan bo‘lsada bosh jamoa safida debyutini 21 yoshida o‘tkazdi. Ancha kech. Shunday emasmi?!  

Ilk mavsumi omadli chiqdi. So‘ng yo‘l Kann shahri tomon bo‘ldi. Shu nomdagi jamoa tarkibida o‘ynagan Kante haqidagi so‘zlar past ovozda bo‘lsa-da 2013/14 yillar mavsumidan so‘ng butun Yevropada eshitila boshladi.  O‘shanda to‘pni olib qo‘yish bo‘yicha Qo‘hna qit’adagi eng yaxshi 5 futbolchi orasiga kirdi.

Keyingi yo‘lni yaxshi bilasiz. 8 million yevro evaziga “Lester”ga ko‘chib o‘tgan N'Golo Angliya chempioniga aylandi. “Lester ertagi”ning bosh qahramoni APLda mavsum futbolchisi bo‘ldi. Keyin esa YEVRO-2016da terma jamoa bilan kumush medalllarga ega bo‘lgan futbolchi kelasi mavsumni “Chelsi” tarkibida o‘tkazib yana Angliyada tengsiz bo‘ldi. Undan keyin Fransiya Kantening ko‘magi bilan mundialda g‘olib bo‘ldi.  2018/19 yillar mavsumida klubi bilan Yevropa Ligasida bosh sovrin sohibi... ko‘rib turganiningizdek Kante sovrinlar yonma-yon yuradi!

Garchi Fransiya va ota yurti Malida juda mashhur bo‘lishiga qaramay N'Golo o‘ta kamtar hayot kechiradi. O‘z mini-kuperida YTHga uchragach bir mudaat singan mashina chiroqlarini skotch tasmada yopishtirib yurgani OAV tomonidan hayrat bilan yoritilgan. U Parijda muhojirlar, Malida qashshoqlar uchun sharoit yaratish yo‘lida ko‘plab xayriya ishlarini amalga oshiradi. Uning o‘ta samimiy, beozor ekanini maydondagi harakatlaridan bilsa ham bo‘ladi. Garchi qo‘pollik o‘ta moyil futbolchilar o‘ynaydigan pozisiyada o‘ynasa ham Angliyadagi 5 yildan oshgan faoliyatida hali qizil kartochka olmani ham buni isbotlab turibdi. Uning mehnatkashligi, jismoniy yetukligi-yu boshqa futbolchi sifatigi fazilatlari esa hammamizga ma’lum.

Endi N'Golo Kante 29-may kuni Istanbulda jamoasi bilan finalda harakat qiladi. Uni kuzatish doim qiziq...



Kantedan tashqari bu kamtar oilada yana 8 farzand bor. N'Goloning onasi farrosh, otasi esa chiqindini yig‘ib olish shirkatida ishlardi. Ha, darvoqe 7 yosh ekan N'Golo Fransiyada bo‘lib o‘tgan munialda (1998 yil) maydonga chiqadi. Tantanali tarzda, futbolchilarning qo‘lidan tutib do‘stlari bilan chiqib kelgan, deb o‘yladingiz-a? Yo‘q. O‘yindan so‘ng stadionni tartibga keltirish, chiqindilarni yig‘ib olish maqsadida, otasiga qarashish uchun.



...so‘ng butun Yevropada eshitila boshladi.  O‘shanda to‘pni olib qo‘yish bo‘yicha Qo‘hna qit’adagi eng yaxshi 5 futbolchi orasiga kirdi.

Keyingi yo‘lni yaxshi bilasiz. 8 million yevro evaziga “Lester”ga ko‘chib o‘tgan N'Golo Angliya chempioniga aylandi. “Lester ertagi”ning bosh qahramoni APLda mavsum futbolchisi bo‘ldi. Keyin esa YEVRO-2016da terma jamoa bilan kumush medalllarga ega bo‘lgan futbolchi kelasi mavsumni “Chelsi” tarkibida o‘tkazib yana Angliyada tengsiz bo‘ldi. Undan keyin Fransiya Kantening ko‘magi bilan mundialda g‘olib bo‘ldi.  2018/19 yillar mavsumida klubi bilan Yevropa Ligasida bosh sovrin sohibi...

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 19:22, 06.05.2021.
O'qildi: 3821 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик