Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Temurxo‘ja Abduxoliqov: «Bu yil ham ko‘p gol urishga harakat qilaman»

Temurxo‘ja Abduxoliqov: «Bu yil ham ko‘p gol urishga harakat qilaman»

Baho:
+ | -

Safarda «Mash’al» bilan kechgan bahsda «Loko» 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu o‘yinda "temiryo‘lchilar" hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘z hisobiga ikkita gol yozib qo‘ydi.

Klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida Temurxo‘ja Muborakdagi bahs, yirik g‘alaba, yangi murabbiy, yaqindagina taqdirlangani hamda to‘purarlik poygasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida

- «Mash’al»ga qarshi bahsni ilk daqiqalardanoq yaxshi boshladik. O‘yinimiz har tomonlama qovushdi. Birinchi taymdayoq masalani deyarli hal qildik deb o‘ylayman. Ob-havo ham qulay keldi. Muborakda juda issiq bo‘ladi deb o‘ylagandik, yo‘q aksincha, shamol esib salqin bo‘ldi. Bu vaziyatda bahsning 17:00da boshlangani katta ta’sir ko‘rsatmadi.

Yirik g‘alaba haqida

- Yirik g‘alaba qozonganimizdan xursandmiz. Bu avvalambor bosh murabbiyimizning ko‘rsatmasini bexato bajarganimizni anglatadi. Maydonga tushgan har bir futbolchi bor kuchi bilan harakat qildi. Biz bir jamoa bo‘lib o‘yin ko‘rsatishga harakat qilyapmiz. Murabbiyning mashg‘ulotlari va ko‘rsatmasida gap ko‘p.

Yangi murabbiy haqida

- Boshida hammamizga qiyin bo‘ldi. Jamoamizga portugaliyalik yangi murabbiy keldi. Albatta, murabbiyga ham o‘zbek futboliga ko‘nikish uchun vaqt kerak edi. Balki shuning uchun bo‘lsa kerak, mavsum avvalida to‘rtta o‘yinda g‘alaba qozona olmadik. Mikael Sekeyra bilan ishimiz yaxshi ketyapti, murabbiyimiz juda talabchan va haqiqiy professional.

«Bunyodkor» bilan o‘yindan oldin taqdirlangani haqida

- Bundan juda xursandman. Bilasiz, o‘tgan yil 100ta gol urish marrasini zabt etib Gennadiy Krasniskiy nomidagi to‘purarlar klubiga qabul qilingandim. Shu bois O‘FA tomonidan maxsus sovrin bilan taqdirlandim va bundan juda xursandman. Albatta, har bir sovrin futbolchiga qo‘shimcha kuch beradi.

To‘purarlik poygasi haqida

- Doim ko‘p gol urishga harakat qilaman. Hozircha Superligada to‘rt bor gol muallifi bo‘ldim. Boshida menga ham qiyin bo‘ldi, to‘liq formada emasdim. Lekin turdan turga o‘zimni yanada yaxshiroq ko‘rsatishga intilyapman. 2016 yil 22ta gol bilan chempionat to‘purari bo‘lgandim. Bu yil ham ko‘proq gollar urishga harakat qilaman. Lekin baribir men uchun jamoamizning yutug‘i birinchi o‘rinda turadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 07:14, 07.05.2021.
O'qildi: 2546 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.