Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

"Manchester Yunayted" "Ayntraxt" to‘purariga xaridor bo‘lmoqda

"Manchester Yunayted" "Ayntraxt" to‘purariga xaridor bo‘lmoqda

Baho:
+ | -

"Ayntraxt" o‘zining portugaliyalik hujumchisi Andre Silvani "Manchester Yunayted"ga sotishga tayyor. Bu haqda "Daily Express" nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" Silva uchun rasmiy taklif yuborishgan. Frankfurt klubi futbolchi uchun kamida 40 million yevro olishni istamoqda.


Ushbu mavsum Andre Silva Germaniya chempionatining 29 ta uchrashuvida maydonga tushib, 25 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Aprelda "Real" va "Ayntraxt"ning yozgi transfer oynasida o‘zaro hujumchilarni almashtirishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Ya’ni Andre Silva "Real" Luka Yovich esa Frankfurt jamoasi futbolchisiga aylanishi ko‘zda tutilgan.

 Ma’lumot uchun Silva faoliyatini "Portu"da boshlagan va 2017-yilda uni "Milan" sotib oldi. O‘shanda futbolchining transfer summasi 38 million yevroni tashkil qilgan. Italiya jamoasidan u "Sevilya"ga ijaraga o‘tdi va 2019-yildan buyon "Ayntraxt" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 16:36, 07.05.2021.
O'qildi: 2889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик