Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Premyer-liga 9 yil ichida birinchi marta La Ligani ortda qoldirdi

Premyer-liga 9 yil ichida birinchi marta La Ligani ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

Premyer-liga Angliya klublarining UYEFA musobaqasidagi yutuqlari evaziga UYEFA koeffisiyentlar jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi.

9 yil ichida birinchi marta Angliya Premyer-ligasi La Ligani ortda qoldirib, jadvalning birinchi qatoriga ko‘tariladi.

Bunga qadar, Premyer-liga 2007/08 yilgi mavsumdan 2011/12 yilgi mavsumgacha birinchi o‘rinda borayotgan edi. Angliya klublari UYEFAning Yevropa musobaqalaridagi so‘nggi besh mavsumdan uchtasida ispanlardan ustun keldi va koeffisiyentlar jadvalida dastlab, La Liga bilan farqni qisqartirdi so‘ngra esa, birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Bundan tashqari, Premyer-liga Angliyaning uchta klubi Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi finaliga yo‘l olganidan so‘ng, La Liganing koeffisiyentlar jadvalida eng ko‘p ochko to‘plash bo‘yicha rekordini yangiladi.

2015/16 yilgi mavsumda «Real» Chempionlar Ligasida, «Sevilya» esa Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi. Shundan so‘ng, Ispaniya klublari reytingda 23,928 ochko to‘plashdi. Angliya klublari esa joriy mavsumda xuddi shunday ko‘rsatkichga ega bo‘lib turishibdi. Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi final o‘yinlari o‘tkazilgandan so‘ng, Premyer-liga klublari tabiiyki yangi rekord o‘rnatadilar.

Manba: ESPN
Kiritildi: 18:46, 07.05.2021.
O'qildi: 2513 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.