Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Mojaro: Mayorga Ronaldudan katta pul talab qilmoqda

Mojaro: Mayorga Ronaldudan katta pul talab qilmoqda

Baho:
+ | -

Eski mojaro yana yangilandi - amerikalik taniqli model Ketrin Mayorga eski da’vosini jonlantirdi. Eslatma, u Krishtianu Ronalduni nomusini toptaganlikda ayblamoqda. Endilikda Mayorganing bu boradagi talabi ham tayin - 56 million funt sterling miqdorida tovon puli. Vaholanki, prokuratura avvalgi shikoyatga asosan barchasini o‘rganib chiqqan va portugaliyalik futbolchi tajovuz ishlatmaganini qayd etgandi. Diqqatga sazovor tomoni, 56 million - bu futbolchining naq 2 yillik maoshi...

Ha, o‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik modelning Krishtianu Ronalduga qarshi qayta da’vo ochganiyu, to‘plangan sud hujjatlaridan ayrim ko‘chirmalar paydo bo‘ldi. Xususan, endi Ketrin Mayorganing portugaliyalik futbolchidan qancha miqdorda kompensasiya talab qilayotgani ma’lum. Eslatish kerak, u bir necha yil oldin Portugaliya futboli afsonasini jinsiy zo‘ravonlikda ayblagandi. Unga muvofiq, Ronaldu 2009 yilning iyun oyida, Las-Vegasda Mayorgaga nisbatan jinsiy tajovuz ishlatgan. Ketrin hamon futbol yulduzi bilan Palms Casino Resort mehmonxonasining tungi klubi VIP-hududida uchrashganini aytmoqda. Krishtianu shundan so‘ng Mayorgani Las-Vegas-Strip manzarasidan bahra olish uchun shaxsiy pentxausi (Palms Casino Resort mehmonxonasining 57306-xonasi) taklif qiladi. Ketrinning iddao­siga ko‘ra, u xonada girdomassaj vannasiga tushishdan bosh tortgan. Xullas, barchasi futbolchining jinsiy zo‘ravonligi bilan nihoyasiga yetgan.

Mayorga ertasigayoq Las-Vegas polisiyasiga murojaat qilgan, faqat kim zo‘rlaganini yashirgan. 2010 yilning yanvar oyida tomonlar barchasini oshkor qilmaslik yuzasidan kelishuvga keladilar. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Krishtianu buning uchun Ketringa 375 ming dollar to‘lagan. Endi Mayorga jinoyat ishida ushbu holatni hisobga olmaslikni so‘ramoqda: "Ochig‘i, o‘sha vaqtda aqlim joyida emasdi, chunki ruhiy stress­dan qutulmagandim".

Qisqasi, yaqinda e’lon qilingan hujjatlarga muvofiq aytsak, Mayorga futbolchidan jami 56,5 million funt sterling undirmoqchi: 18 million - "o‘tmishdagi qiynoq va azob uchun", 18 million - "voqea­dan keyingi azob va ezilishlar uchun", 18 million - ma’naviy zarar uchun, 1,1 million - sud xarajati uchun va 1,4 million - xarajat uchun tovon puli.

Ronalduga kelsak, u ayblovni qat’iy ravishda inkor etmoqda. Portugaliyalik yulduzning aytishicha, u Mayorgani zo‘rlagan emas. Qolaversa, Nevada shtati Klark okrugi prokuraturasi 2019 yili Krishtianuga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atmasligini ma’lum qilgandi. "Shu vaqtga qadar taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan Ronalduga qarshi ish ochish uchun yetarli dalillar mavjud emas. Demakki, rasmiy ayblov ilgari surilmaydi", - deyilgandi prokuratura bayonotida. Endi nima bo‘lishi esa, vaqt hukmida...

H.MASAIDOV  tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:00, 08.05.2021.
O'qildi: 12660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.