Kirish Ro'yxatdan o'tish

Liga 1. PSJ safarda «Renn»ni mag‘lub eta olmadi

Liga 1. PSJ safarda «Renn»ni mag‘lub eta olmadi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 36-turi doirasida «PSJ» mehmonda «Renn» bilan ro‘baru keldi.

«Roazon Park»dagi o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Dastlab, Neymar birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda penaltidan gol kiritib hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqada Girassi o‘rtadagi muvozanatni tikladi. Yakunda jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib olishdi.

Shu tariqa, Parij klubi ochkolari sonini 76taga yetkazib, peshqadam «Lill»dan (79) 3 ochkoga ortda qolmoqda. Bugungacha 55 ochko jamg‘argan «Renn» esa yettinchi pog‘onaga joylashgan.

«Renn» – PSJ 1:1 (0:1, 1:0)
«Roazon Park»

Gollar: 0:1 – 45, penalti Neymar, 1:1 – 70 Girassi.

«Renn» – Gomis, Agerd, Da Silva, Mauassa (Dalbert, 78), Traore (Soppi, 90), Burijo, Ugoshukvu (GrenYE, 61), Doku, Te, Terye (Diuf, 79), Girassi (Del Kastiyo, 90).

PSJ – Navas, Kimpembe, Dagba (Florensi, 80), Kurzava (Diallo, 55), Markinyos, Danilu Pereyra, Errera (Guye, 70), Di Mariya (Rafinya, 69), Draksler (Ikardi, 80), Kin, Neymar.

Ogohlantirishlar: Agerd (45), Errera (57), Diuf (80), Del Kastiyo (89), Te (90).

Chetlatish: Kimpembe (87).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:31, 10.05.2021.
O'qildi: 2637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик