Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Brayton 0-4 Manchester Siti
26/04 16:00 Tailand 3-3 Tojikiston
26/04 19:00 O‘zbekiston 2-0 Saudiya Arabistoni
26/04 19:00 O‘zbekiston 3-3 Eron
26/04 22:30 Iroq 1-0 Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone 3-0 Salernitana
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem - Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas - Jirona
27/04 18:00 Lechche - Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted - Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton - Luton
27/04 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl - Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya - Xetafe
27/04 21:00 Yuventus - Milan
27/04 21:30 Everton - Brentford
27/04 21:30 Alaves - Selta
27/04 23:45 Lasio - Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ - Gavr
28/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya

2020 yilning eng ko‘p to‘p kiritgan jamoasi qaysiligini bilasizmi?

2020 yilning eng ko‘p to‘p kiritgan jamoasi qaysiligini bilasizmi?

Baho:
+ | -

2020 yil yakunlanganiga ancha bo‘ldi, ammo ko‘p OAV hamon o‘tgan yildagi mavsumni sarhisob qilishda davom etmoqda. Biz ham shu munosabat bilan statistik ma’lumotlarni berishda davom etamiz. Hozir esa 2020 yildagi mavsumda qaysi jamoa eng ko‘p to‘p kiritganligi haqida suhbatlashamiz.

10. Real Madrid (91 gol)

Zidanda ko‘plab hujumchi variantlari bo‘lganligi tufayli "Real Madrid" deyarli har mavsumda 100tadan ko‘proq gol urib kelardi. O‘tgan mavsumda "qaymoqranglilar" La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi, ammo hujumdagi faolligi natijasida emas, balki himoyadagi tartibli o‘yini tufayli.
O‘tgan mavsumda Madrid jamoasining hujumchilari unchalik faol tarzda o‘tkazmadi. "Real"ning million yevrolik hujum chizig‘i 2020 yilda barcha turnirlarda bor-yo‘g‘i 91ta gol urishga erishdi.

9. Yuventus (94 gol)

Ro‘yxatimizda A seriyaning uchta vakili qatnashgan bo‘lib, ulardan biri o‘tgan mavsumda Skudettoni qo‘lga kiritgan Turinning "Yuventus" jamoasi hisoblanadi. Garchi, Pirlo shogirdlari A Seriya g‘olibligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, gol urish bobida biroz oqsagan edi. Turinliklar so‘ngi o‘n yillikdan beri Italiyada o‘z hukmronligini qilmoqda. "Keksa sinyora" har doim o‘tib bo‘lmas himoyasi bilan maqtana olgan, ammo so‘nggi paytlarda "Yuve"ning hujumi ham anchayin kuchaymoqda. Zero, Krishtianu Ronaldu jamoa tarkibida bo‘lgandan so‘ng ko‘plab gollar kiritilishi tayin.
O‘tgan mavsumda "Yuventus" 94ta gol kiritgan bo‘lib, hozirgi jadvalimizning 9-pog‘onasidan joy oldi. O‘sha gollarning 33tasini aynan 36 yoshli portugaliyalik futbolchi kiritganini ham aytib o‘tishimiz lozim.

8. "Borussiya D" (94 ta gol)

"Arilar" hali ham "Bavariya"ning Bundesligadagi g‘alabali yurishiga qarshi chiqishga qodir, ammo ushbu mavsumda buni bajarish deyarli imkonsiz. "Borussiya" jamoasi azaldan juda jozibali va turli xil hujumlar uyushtirib kelgan. So‘nggi mavsumda ham nemis klubi bir muncha vaqt davomida Bundesliga jadvalida yetakchilar qatorida yurdi, ammo ular Myunxen jamoasining Germaniyadagi gegemonligiga chek qo‘yolmadi.
Shunga qaramay, Dortmund jamoasi yil davomida o‘tgan mavsum Ispaniya chempioni "Real Madrid" ko‘proq va Italiya "qiroli" "Yuventus" bilan bir xil ko‘rinishda gol kiritishni uddalagan. "Borussiya D" 2020 yilda 94 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilishni uddalagan.

7. "Liverpul" (99 ta gol)

"Liverpul" so‘nggi ikki yil ichida o‘z tarixidagi eng yaxshi davrlardan birini o‘tkazdi. 1970-80-yillardan buyon Angliya chempionatida "qizillar" bunday ustun mavqeiga ega emas edi.

Yevropaning kuchli beshlik chempionatining barcha amaldagi chempionlari ushbu ro‘yxatimizdan joy olgan va urilgan gollar klubga musobaqada g‘alaba qozonishiga yordam berishgan. Mane Salah va Firmino kabi hujumchi yulduzlardan tashkil topgan hujum uchligiga ko‘plab grand jamoalar havas qilishi tayin. "Liverpul" jamoasi esa, xuddi shu juftlikka ega klub hisoblanadi.
Garchi so‘nggi mavsumda Klopp shogirdlari ligada eng ko‘p gol urgan jamoaga aylana olmagan bo‘lsalar-da, "qizillar" a’zolari doimo APL to‘purarlari qatoridan joy olgan. 2020 yilda "Liverpul" barcha musobaqalar doirasida 99ta gol urishni uddalagan.

6. "Barselona" (99 ta gol)

O‘tgan yil kataloniya grand jamoasi uchun g‘alabali yil emas edi. 2020 yilda "Barsa" bitta ham sovrinni qo‘lga kirita olmadi, shuningdek, o‘zlarining bir nechta yulduzlarini qo‘yib yuborishga ham majbur bo‘ldi. Hammasi Koronavirus epidemiyasi va jiddiy moliyaviy qiyinchiliklar ortidan kelib chiqdi. Shunga qaramay, "ko‘k-anorranglilar" 2019/20 yilgi mavsumda ligada eng ko‘p to‘p kiritib, Madridning "Real" jamoasini 8ta to‘p farqi bilan ortda qoldirishni uddaladi. Joriy mavsumda kataloniyaliklarning hujum chizig‘i birinchi o‘rinda turibdi. Bugungi kunga qadar Kuman shogirdlari 67ta gol bilan La Ligadagi eng yaxshi natijani qayd etib turishibdi. O‘tgan yili Chempionlar Ligasida "Bavariya"ga qarshi o‘yindagi (8:2) muvaffaqiyatsizlik va ushbu mavsumdagi "PSJ"dan uchralgan mag‘lubiyat (5:2) mutlaqo tushunarsiz bo‘lgan, ammo "Barsa" hali ham hujumda ajoyib natija ko‘rsatmoqda va buni o‘tgan yilda barcha musobaqalarda kiritgan 99​​ta goli buni isbotlaydi.

5. Atalanta (103ta gol)

"Atalanta" so‘nggi yillardagi A Seriyaning eng ajoyib jamoalaridan biriga aylandi. Bergamoliklar o‘zlarining jozibali hujum uslubi va ajoyib pressinglari tufayli o‘zining ko‘plab muxlislarni topdi deyish mumkin. O‘tgan mavsumda ham Bergamo klubi A Seriyada kuchlilar qatoridan joy oldi. Gasperini jamoasini Yevropa Chempionlar Ligasida ham yaxshi natijalar ko‘rsatib, mavsumning kashfiyoti bo‘ldi deyish mumkin.
"Atalanta" 2020 yilda 103ta gol urib, Italiya chempionatidagi eng ko‘p gol urgan ikkinchi jamoaga aylandi. Yaxshi murabbiy, yaxshi jamoa, ajoyib chempionat.

4. "Inter" (108 ta gol)

Milanning "Inter" klubi Antonio Konte boshchiligida ajoyib o‘ynamoqda. Italiyalik murabbiy ustozi orasida hujumkorlik mentalitetni shakllantirdi va 3-5-2 taktik sxemasidan juda samarali tarzda foydalandi. Shu bilan birga, Konte oldinga siljish va futbolchilar orasidagi zichlikni saqlash orqali futbolchilar o‘rtasida yaqinlikni taqdim etdi.
"Inter" klub 2010 yildan beri unvonlarni qo‘lga kirita olmay kelmoqda, ammo avgust oyida Yevropa Ligasi kubogini yutishiga juda yaqin kelgan edi. Lekin, baxtga qarshi "neradzurrilar" finalda "Sevilya" qarshiligini sindira olmadi. Milanliklar hujumida Martines va Lukaku qiyofasidagi ajoyib juftlik o‘ynamoqda. Ayni paytda "Inter" A Seriya jadvalida 1-o‘rinda ketmoqda va Skudetto oltin medallari uchun jiddiy kurash olib bormoqda.
2020 yilda "neradzurrilar" barcha musobaqalar doirasida 108 gol urdi va o‘tgan mavsumdagi eng samarali Italiya jamoasiga aylandi.

3. "Manchester Siti" (112 gol)

"Manchester Siti" so‘nggi mavsumlarda gollar nisbati bo‘yicha eng sermahsul jamoalardan biri bo‘lmoqda. "Shaharliklar" 2016/17 yilgi mavsumda 106 marta gol urib, Premer-liganing eng ko‘p gol urgan jamoasiga aylangandi. Umuman olganda, Gvardiola shogirdlari so‘ngi bir necha mavsumlardan beri Angliyada ancha sermahsul harakat qilib kelmoqda. Joriy mavsumda ham APL doirasida 66 gol kiritib, jamoalar orasida eng yaxshi natijani qayd etmoqda. Gvardiolaning taktikasi deyarli har qanday Yevropa jamoalari himoyasini qo‘rqitishga qodir. Ammo, "shaharliklar"ning Chempionlar Ligasida omadi kelmayapti. Ehtimol, "Manchester Siti" jamoasi mazkur musobaqada ushbu mavsumda g‘alaba qozonar. Kuzatamiz.
2020 yil ham "Siti" uchun ancha omadli kechdi. Pep shogirdlari barcha musobaqalarda 112 ta gol urib, ushbu davrdagi eng ko‘p gol urgan ingliz klubiga aylandi.

2. "PSJ" (122 gol)

O‘z ligalaridagi eng yaxshi jamoalar haqida gap ketganda, avvalo "PSJ" klubi hayolimizga keladi. Parijliklar hozircha fransuz futbolidagi eng yaxshi jamoalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, "PSJ" o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasi finaligacha yetib borishdi, ammo klub finalda "Bavariya"ga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Neymar, Mbappe, Di Mariya va Ikardi kabi futbolchilardan tashkil topgan hujum chizig‘i o‘tgan mavsumda ancha sermahsullik namoyish etishdi. Parijliklarning Liga 1 musobaqasidagi raqiblaridan bir bosh ustun ekanligini ko‘rsatgan natijalari orqali namoyish etishdi.
Garchi, pandemiyaga sababli, Fransiya chempionati muddatidan oldin yakunlangan bo‘lsa-da, Parij jamoasi 28 uchrashuvda, 75ta gol kiritishni uddaladi. Ushbu mavsumdagi ajoyib formasi tufayli, ular 2020 yil oxiriga qadar o‘z hisoblariga 122ta golni yozdirib qo‘yishni uddalashdi.

 

1. "Bavariya" (149 ta gol)

2020 yil Myunxenning "Bavariya" jamoasi uchun atalgan mavsum bo‘ldi. 2020/21 yilgi mavsum boshlanishiga qadar, "nemis mashinasi" 5ta sovrinni o‘ziniki qilishga ulgurdi. Keyinchalik esa Klublar o‘rtasidagi JCHda ham muvaffaqiyat qozonib sovrinlari qatoriga yana bir kubokni qo‘shib qo‘ydi. Ushbu muvaffaqiyatning sababi nimada? Jamoa ko‘plab gollar kiritishini avvaldan taxmin qilish qiyin emas edi. Myunxen jamoasining ajoyib hujumchilaridan tashqari, mudofaa zonasi ham havas qilgudek darajada. Flik shogirdlari o‘tgan mavsumda juda katta hisoblarda g‘alaba qozonishni uddaladi va bularning barchasi klub muvaffaqiyatiga hissa qo‘shib kelmoqda.
Bunda "Bavariya"ning hujumchisi Robert Levandovskini e’tirof etmasdan ilojimiz yo‘q. Polshalik hujumchi barcha musobaqalar doirasida 50ta gol urib, 2020 yildagi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.
Flik shogirdlari o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 149 ta gol urdi. Bu Yevropa klublari orasidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Ajoyib mavsum, yaxshi natijalar va chiroyli yakun.

Kiritildi: 16:06, 10.05.2021.
O'qildi: 3495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.