Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Harri Keynning keyingi manzili Ispaniya(mi?)

Harri Keynning keyingi manzili Ispaniya(mi?)

Baho:
+ | -

“Tottenxem” yetakchisi Harri Keyn faoliyatini “Barselona”da davom ettirish istagini bildirdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 27 yoshli to‘purar kataloniyaliklar bilan transfer borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Biroq,  “Barselona” rahbariyatini boshqa masala xavotirga solmoqda. Ular Angliya futbolida porlagan yulduzlar Ispaniyaga moslashishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelishi va shu paytgacha o‘zini ko‘rsatishi qiyin bo‘lganiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Shu bois, “Barselona” Harri Keyn transferi bo‘yicha qarorini shoshilmay qabul qilmoqchi.

Keyn “Tottenxem” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Asosiy jamoa tarkibida o‘n yildan beri to‘p tepmoqda. Hujumchi londonliklar bilan sovrinlar uchun kurasha olmayotganidan qoniqmayapti va shuning uchun kuchliroq klublarga o‘tishni rejalashtirgan.

Joriy mavsumda Angliya premyer-ligasida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 13 ta golli pas uzatgan futbolchiga “Manchester Siti” ham jiddiy da’vogarlik qilmoqda.

Kiritildi: 17:29, 11.05.2021.
O'qildi: 4288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик