Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Ulug‘bek Baqoyev: «Raqib o‘yini menga yoqdi, shunchaki biz vaziyatlardan foydalandik»

Ulug‘bek Baqoyev: «Raqib o‘yini menga yoqdi, shunchaki biz vaziyatlardan foydalandik»

Baho:
+ | -

"So‘g‘diyona" - "Andijon" uchrashuvidan (4:1) so‘ng mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Andijon» musobaqa jadvalida quyi pog‘onalarda bormoqda. Lekin baribir oxirgi o‘yinlarda g‘alabalar qiyinchilik bilan qo‘lga kiritilmoqda. To‘g‘ri hisob yirik bo‘ldi, ammo oson bo‘lgani yo‘q. Chiroyli gollar urdik, yigitlarga rahmat aytaman. Keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

«Andijon» o‘tgan tur o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ga yutqazib qo‘yganidan keyin balki futbolchilarda ruhiy muammo bo‘lgandir. O‘shanda bugungi raqibimiz 0:2 hisobidan keyin durangga erishishi ham mumkin edi. Biroq penaltidan gol ura olishmagandi. Bugun o‘yindan oldin g‘alaba qozonishimizga hech qanday kafolat yo‘q edi. Har bir keyingi bahs oldingisidan qiyin o‘taveradi.

Mavsumning boshida ham kuchli klublarga qarshi o‘ynadik. «Navbahor», «Metallurg» kabi klublar ham kuchli. «Mash’al» bilan durang o‘ynadik, masalan. Kuchli va kuchsiz jamoalar yo‘q, chempionat bor va har bir bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

Futbolchilarning jismoniy holatini doim yuqori darajada ushlab turish og‘ir, shu bois o‘zgarishlar qilib ularga dam berayapmiz. Kim bugungi kunda ko‘proq tayyor bo‘lsa o‘sha maydonga tushmoqda.

«Andijon»da ham vaziyatlar bo‘ldi, ikki marta to‘sinni poylashdi. To‘p nazorati anchagina yuqori darajada. Raqib o‘yini menga yoqdi, shunchaki biz vaziyatlardan foydalandik, ular esa gol ura olishmadi. Futbolda har bir vaziyatni golga aylantirib bo‘lmaydi.

Transfer oynasi ochilganidan keyin bizga yangi futbolchilar kerakmi yoki yo‘qmi o‘ylab ko‘ramiz. Hozir tarkibimizdagi barcha maydonga tushishga haqli. Ulardan 11 nafar futbolchigina asosiy tarkibda maydonga tusha oladi xolos", - deydi Ulug‘bek Baqoyev.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 04:20, 12.05.2021.
O'qildi: 1521 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик