Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

YeCHL finalining Portugaliyaga ko‘chirilishiga sabab nima edi?

YeCHL finalining Portugaliyaga ko‘chirilishiga sabab nima edi?

Baho:
+ | -

"Uembli" varianti bir muncha vaqt davomida ma’qullandi, ammo oxir-oqibat hamma narsa Britaniya hukumati talablari tufayli amalga oshmadi.

UEFA final mehmonlari (homiylar, VIPlar va UEFA xodimlari) zarur karaninga duch kelmasliklari uchun kirish talablarini yumshatishni iltimos qildilar.

"The Atletic" nashrining xabar berishicha, UEFA shuningdek, ushbu final uchrashuviga tomoshabinlar sonini ko‘paytirishni talab qilgan.

"Biz Buyuk Britaniya hukumati Turkiyani qizil ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilganmiz. Bu eng yaxshi niyat bilan fuqarolarni koronavirus tarqalishidan himoya qilish maqsadida qilingan, ammo bu bizga ikkita ingliz jamoasi bilan finalni o‘tkazishdek qiyin vazifani topshirdi.

Uchrashuvni Angliyaga ko‘chirish juda qiyin edi - va men buni amalga oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirgan FA vakillari va rasmiylariga minnatdorchilik bildiraman », - dedi Cheferin.

Nega yana Portugaliya?

Turkiyadan farqli o‘laroq, Portugaliya Buyuk Britaniya hukumatining yashil ro‘yxatiga kiritilgan - ushbu ro‘yxatdagi mamlakatlarga sayohat qilish uchun siz faqat 2 ta koronavirus testidan o‘tishingiz kerak (ketish va kirishdan oldin).

Portugaliya o‘tgan yilgi Chempionlar Ligasi blits turnirini o‘tkazishning muvaffaqiyatli tajribasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu Portugaliyaning Chempionlar Ligasidagi so‘nggi 7 yil ichidagi uchinchi finali. 2010 yildan beri hech bir davlat UEFA Evropa kubogining yirik uchrashuvini bu qadar ko‘p qabul qilmagan.

UEFA bayonotida Portugaliya futbol assosiasiyasi peshqadamlikni qo‘lga kiritgani va tezda barcha zarur shartlar bajarilishini kafolatlaganligi aytilgan.
Kelgusi yilning finali hali ham Sankt-Peterburgda bo‘ladi. Bu ham Istanbul uchun yana bir katta voqea bo‘ladi.

«Finalning Istanbuldan transferi Sankt-Peterburgdagi finalga ta’sir qilmaydi. Bu rejalashtirilganidek keyingi yil bo‘lib o‘tadi », - dedi Aleksey Sorokin, Sankt-Peterburgdagi Evro-2020 tashkiliy qo‘mitasi rahbari.

Boshqa tomondan, Turkiyadagi UEFA rasmiylari ham ushbu qarordan xafa emas: "UEFA bizni qiyin vaziyatda yarim yo‘lda kutib oldi. Turkiyalik hamkasblarimizning uzoq va samarali hamkorligi uchun juda minnatdorman. Yaqin kelajakda Istanbuldan foydalanish yo‘lini topamiz ”deya bayonot beradi Turkiyadagi UEFA vakillari.

Londonda ham xafa bo‘ladigan narsa yo‘q - "UYEmbli" shu yili Angliya futbol ligasining pley-off bosqichi, Angliya kubogi finali va Evro-2020 o‘yinlarining 8ta o‘yiniga mezbonlik qiladi. Shuningdek, 2024 yilgi YECHL finali ham mazkur stadionda bo‘lib o‘tadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 14:05, 14.05.2021.
O'qildi: 5932 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.