Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Dragan Cheran: "Gollar haqida o‘ylamagandim, bu o‘z-o‘zidan ro‘y berdi"

Dragan Cheran: "Gollar haqida o‘ylamagandim, bu o‘z-o‘zidan ro‘y berdi"

Baho:
+ | -

"Paxtakor"ning oxirgi ikki mavsumdagi to‘purariga aylangan Dragan Cheran "Qo‘qon-1912" bilan o‘yindan oldin Gennadiy Krasniskiy klubiga a’zolik nishonini qabul qildi. Bu nishon O‘zbekiston chempionati va Kubogi, Osiyo klublar musobaqalarida 100ta gol urgan futbolchiga topshirib kelinadi. Shu munosabat bilan Dragan ushbu sovrin va yurtimizdagi faoliyati xususida savollarga javob berdi.

100tadan ortiq gol urib, Gennadiy Krasniskiy klubiga a’zo bo‘ldingiz. Bu bilan sizni tabriklaymiz.
- Bundan juda xursandman. O‘zbekistondagi faoliyatimda yuztadan ortiq gol urgan holda katta futbolchilar qatoriga qo‘shildim. Ularning qatorida ekanimdan baxtiyorman. O‘z navbatida bu yana va yana gollar urishim uchun ishtiyoq beradi.

O‘zbekistonga kelishdan avval faoliyatingiz shunchalik muvaffaqiyatli chiqishi haqida o‘ylar bo‘lganmi?
- Bu yerga kelganimda gollar to‘g‘risida o‘ylamagandim. Bu o‘z-o‘zidan ro‘y berdi. Chunki juda yaxshi saviyali klublarda o‘ynadim. O‘ylashimcha, O‘zbekistondagi eng kuchli ikki jamoa safida to‘p tepdim.

O‘tgan yili jamoada ijrochilar mahorati yuqori edi. Bu yil oldinda ko‘proq yoshlar bilan o‘ynayapsiz. Bu qanday kechmoqda?
- "Paxtakor"ning tarkibi o‘tgan yilga nisbatan keskin o‘zgargan. Yosh, kuch va ishtiyoqqa to‘la yosh futbolchilar safimizda bor. Ular tufayli biz hamon yaxshi o‘ynayapmiz va bu yo‘ldan yurishni davom ettirishni istaymiz.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:00, 14.05.2021.
O'qildi: 3753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.