Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

"Kuchli uchlik"ning bo‘lg‘usi o‘yinlari haqida

"Kuchli uchlik"ning bo‘lg‘usi o‘yinlari haqida

Baho:
+1 | -

La Liga chempionligi uchun kurashayotgan "Barselona", "Real Madrid" va "Atletiko" klublari ushbu hafta 37-tur doirasida o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi. Demak, mana shu uchrashuvlarga biroz to‘xtalib o‘tamiz.

"Real"ni biroz qiyinroq raqib kutib turibdi

"Real Madrid" jamoasi ushbu tur doirasida "Atletik Bilbao" maydoniga safar qiladi. Raqib jiddiy, ayniqsa o‘z maydonida. Ushbu bahsda "Real"ning g‘alabasi so‘nggi turda chempionlik uchun kurashni ta’minlab beradi. Ayni damda "qaymoqranglilar"da 78 ochko mavjud, asosiy raqobatchisi "Atletiko" esa 80 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. "Qaymoqranglilar La Ligadagi so‘nggi 5 o‘yinda 2 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Ularning raqibi "Atletik" esa ayni dam turnir jadvalida 46 ochko bilan 9-o‘rinni band etib turibdi. Bilbaoliklar ham so‘nggi 5 o‘yinda xuddi "Real"nikidek 2 tadan g‘alaba va durang va bir mag‘lubiyatni qabul qilib olgan. So‘nggi o‘zaro 5 o‘yinning 3 tasida esa "Real"ning qo‘li baland kelgan. "Atletik" esa bir g‘alaba qayd etgan. Shuningdek, 1 uchrashuv durang bilan yakunlangan.

"Barselona" motivasiyasiz holda o‘yin o‘tkazadi

Kataloniya klubi so‘nggi o‘yinlardagi muvaffaqiyatsiz natijalardan so‘ng chempionlik kurashidan deyarli chiqib ketdi. Matematik imkoniyatlarni yig‘ishtirib, holis baho bersak, klubda hech qanday imkoniyat qolmadi. "Ko‘k-anorranglilar" "Selta"ni o‘z maydonida qabul qiladi. Bir qarashda ular asosiy favorit, ammo "Levante" va "Granada" kabi qarshi muhim pallalarda ochko yo‘qotgan Kataloniya klubidan har narsa kutsa bo‘ladi. Ayni damda kataloniyaliklar 76 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. "Selta" esa 50 ochko to‘plab, 8-o‘rinni band etib turibdi.

Chempionlikka bir qadam

"Atletiko" jamoasi bir necha oy avval jadvalda yaqqol peshqadam edi, ammo Simione shogirdlari ketma-ket ochkolar yo‘qotdi va o‘z holatini biroz qiyinlashtirib qo‘ydi. Turnir yakuniga 2 tur qolganida "matraschilar" baribir peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi va ular La Liga bosh sovriniga juda yaqin. Raqib ham ayni dam motivasiyasiz holda ular 44 ochko bilan 11-o‘rinda. Jamoa turnirda qolish masalasini hal qilgan va yevrokuboklar zonasi uchun ham kurasha olmaydi. Bunday pallada chempionlikni xohlagan "Atletiko" qanday qilib bo‘lmasin g‘alaba qozonishi kerak. Madrid klubining hamma narsa o‘z qo‘lida.

Mana shu tur o‘yinlari amalda ko‘p narsani hal qilishi mumkin. Shuningdek, chempion masalasiga ham bu shu turda nuqta qo‘yilishi mumkin. Demak, La Ligada kurash davom etadi...

Kiritildi: 16:15, 15.05.2021.
O'qildi: 5184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.