Himoyachi Ashraf Hakimi «Inter»ning kelajagi borasida ijobiy fikr bildirdi.
«Agar Kontening loyihasi rivojlanishda davom etsa, yosh futbolchilar unga qo‘shilib borishni davom ettirsa, bizni buyuk kelajak kutmoqda.
Gap nafaqat A Seriyadagi ustunlik haqida, balki «Inter» ham endi bemalol xalqaro maydonlar g‘olibligi uchun kurashishi mumkin. Bu hali hammasi emas. Erishilgan yutuqlarning ko‘paytirilishi juda muhim», - deydi Ashraf.