Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Legionerlar. Sergeev – poyga peshqadami, Eldor – «dubl» muallifi, qolganlar esa...

Legionerlar. Sergeev – poyga peshqadami, Eldor – «dubl» muallifi, qolganlar esa...

Baho:
+ | -

Igor aslo bo‘shashma!

Igor Sergeev Qozog‘iston chempionatidagi navbatdagi golini nishonladi. «Aktobe» sharafini himoya qilayotgan terma jamoamiz hujumchisi bu safar «Qaysar»ga qarshi kechgan uy uchrashuvi (1:1)ning 43-daqiqasida raqib darvozasini nishonga oldi. Shu bilan Sergeevning ligadagi gollari soni 7taga yetdi. Ayni payt Qozog‘iston PL to‘purarlar ro‘yxatida aynan hamyurtimiz peshqadam bo‘lib turibdi.

Faqat durang... Janubiy Koreya «K»-ligasi 16-turidan o‘rin olgan «Kanvon» - «Suvon Siti» o‘yinida kuchlar teng keldi - 0:0. Mezbonlar himoyachisi Rustam Ashurmatov bu safar boshlan-g‘ich tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa to‘p surdi. «Kanvon» bir tur oldin «Ulsan Xyunday» bilan uchrashuvning 90+3-daqiqada gol qo‘yib yuborib, tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqargandi - 2:3. Ashurmatov o‘sha uchrashuvda ham to‘liq vaqt harakatlanib, 6-daqiqada sariq kartochka olgandi.

Balli, Eldor!

«Jenoa» Italiya «A» seriyasi 36-turida «Bolonya» mehmoni bo‘lib, ortga 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Eldor Shomurodov bu uchrashuvda Genuya klubi vakillari orasida eng yuqori ballga munosib ko‘rildi, garchi gol urmagan bo‘lsada. Muhimi, u to‘liq vaqt harakatlanib, tinim bilmasligi bilan yaqqol ajralib turdi. Eldor shuningdek, ikkinchi bo‘lim boshida sariq kartochka ham oldi. Hamyurtimiz keyingi tur o‘yinida «Atalanta» darvozasini 2 marta nishonga oldi, vaholanki, u maydonga ikkinchi bo‘limdagina tushdi. Aytish o‘rinli, Shomurodov Italiyada ilk marta «dubl»ga erishdi. Natijaga kelsak, «Jenoa» yakunda 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi, baribir. Umuman olganda, oxirgi 5ta o‘yinda raqiblar darvozasiga 4 marta yo‘l topgan 25 yoshli hujumchimiz «A» seriyadagi gollari sonini 7taga yetkazib qo‘ydi. Uning hisobida 1ta samarali uzatma ham bor. Tabiiyki, «Jenoa» safida aynan hamyurtimiz eng yuqori baho oldi. WhoScored portali uning harakatini 8 ballga loyiq ko‘rdi. «Atalanta»dan esa faqat Ruslan Malinovskiy (8,8 ball) va Duvan Sapata (8,4 ball) Eldordan yuqoriroq baho olishdi. Hamyurtimiz «Atalanta» bilan o‘yin yakunlagach, klub matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berib, maydonda murabbiy ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarishga uringanini alohida ta’kidladi:

- Zaxiradan tushib, darhol gol urdingiz, o‘yinga yaxshi qo‘shildingiz...

- Ha, maydonda murabbiy ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarishga urindim, xolos.

- «A» seriyadagi debyut mavsumida hozircha 7ta gol. Buni o‘ylaganmidingiz?

- Yo‘q, lekin o‘zimni yaxshi tomondan ko‘rsatishni o‘ylaganim rost.

- Goran Pandev bilan birga o‘ynash haqida nima deysiz?

- Ajoyib. Undan ko‘p narsa o‘rganish mumkin, hozir shunday qilyapman ham.

- Mavsumdagi qaysi golingiz xotirangizda alohida muhrlandi?

- «Spesiya» bilan bahsdagisi. Sababi - o‘sha o‘yinda g‘alaba qozongandik.

Birida g‘alaba, ikkisida...

BAA chempionati 26-turi hamyurtlarimiz klublari uchun turlicha keldi. Tarkibida Doston Hamdamov harakatlanayotgan «Xatta» safarda «Al-Ayn»ga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida yengildi. Hamyurtimiz bu o‘yinga 52-daqiqada zaxiradan qo‘shildi. Jaloliddin Masharipov va Odil Hamrobekovning klubi - «Shabab Al-Ahli» mehmonda «Al-Nasr»dan ustun keldi - 3:2. Biroq Masharipov o‘yin qaydnomasidan chetda qoldi, Hamrobekov esa 63-daqiqada maydonga tushdi. «Al-Ittihod» - «Sharja» uchrashuvi (1:0)da esa, mehmonlar vakili Otabek Shukurov to‘liq 90 daqiqa harakatlandi. Vaholanki, oldinroq milliy jamoamiz yarim himoyachisining «Sharja» safida oxirgi marta maydonga tushgani aytilgan edi.

Yakshanba kuni esa Odil Hamrobekov va Jaloliddin Masharipov «Shabab Al-Ahli» safida BAA Liga kubogi sohibiga aylanishdi. Musobaq finalida «Al-Nasr» bilan o‘ynagan «Shabab» 2:1 hisobida ustun keldi. Odil ham, Jaloliddin ham bu o‘yinda to‘liq vaqt harakatlanishdi. «Shabab Al-Ahli»ning o‘z tarixida 10-marta Liga kubogi g‘olibiga aylanganini ham aytish joiz.

Umarov - gol assistenti.

Belarus chempionati Oliy ligasi 9-turi legionerlarimiz jamoalariga birdek omadli keldi. Peshqadam «Shaxtyor» safarda «Neman»ni iroda evaziga yengdi (2:1), biroq Shahzod Ubaydullayev ishtirokisiz. BATE esa o‘z maydonida «Rux»ni 3:2 hisobida dog‘da qoldirdi. Mezbonlar vakili Shahboz Umarov 59-daqiqagacha maydonda harakatlanib, jamoasining 2-golida assistent­lik rolini bajardi.

«Ufa» qoldi, ammo O‘runov yana safdan chiqdi.

«Ufa» Rossiya PL oxirgi turida «Arsenal» (Tula)ni 2:1 hisobida yengish evaziga elitadagi o‘rnini saqlab qoldi. Biroq bu o‘yin jamoada ijara kelishuvi asosida o‘ynayotgan hamyurtimiz Oston O‘runov uchun noxush keldi. «Ufa»ning boshlang‘ich tarkibida maydonga tushgan terma jamoamiz vakili o‘yinning birinchi qismi, aniqrog‘i, 20-daqiqada jarohatlanib, o‘rnini zaxira futbolchisiga bo‘shatib berdi. Ostonning jarohati darajasi tibbiy tekshiruvdan keyin aniq bo‘ladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:32, 18.05.2021.
O'qildi: 4356 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.