Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Qahramon Aslanov maqolasi: haqiqiy Ronaldo

Qahramon Aslanov maqolasi: haqiqiy Ronaldo

Baho:
+ | -

Ko‘pchilik braziliyalik Ronaldo deganda 2002 yilda JCH to‘purari bo‘lib, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan, «Real»da ko‘p gollar urgan Ronaldoni eslashadi. Yoshroq avlod, ayniqsa. Keyin o‘sha paytlarga kelib, translasiyalar ancha rivojlanib qolgandi. Yo‘q, u Ronaldo haqiqiysi emas, haqiqiysi, 1996-99 yillardagi Ronaldo. Bir yutubga kirib o‘sha davrdagi Ronaldoning videolarini ko‘ring. Unaqasi bo‘lmagan.

Messi va Ronaldu eng muhimi, barqarorlik bilan, uzoq yillar yuqori tempni ushlaganlari bilan shu cho‘qqiga chiqishgan, gap yo‘q. Lekin ma’lum bir qisqa davrda eng yaxshi futbolchi yoki kimnidir faoliyatidagi cho‘qqi haqida gap ketganda, men braziliyalik Ronaldoni va Fransiyadagi jahon chempionatini eslayveraman.

O‘shanda, yarim finalda Ronaldoning bir o‘zi Niderlandiya terma jamoasi himoyasiga qarshi qanday harakat qilganini aytishim shart emas, buni ko‘rish kerak. Undan ham ahamiyatlisi, final – Ronaldo va uning sheriklari Fransiyaga qarshi hech narsa qila olmagan va 0:3 hisobida yutqazgan final.

Ha, o‘shanda Ronaldo hech narsa qila olmagandi. Bu futbol olami uchun juda g‘alati tuyulgan, juda ko‘p mish-mishlar chiqib ketgandi. Ronaldo sotilibdi, Ronaldoni o‘yindan oldin zaxarlashibdi, Ronaldo kasal bo‘lib qolibdi va hokazo.

Qanchalik rost, qanchalik asosli, esimda yo‘q, jiddiy nashrlar ham yozishganligini eslayman. Qizig‘i, bunday xabarlarni hamma axtargan. Internet hozirgidek emas, ma’lumotlarning tarqalish prinsiplari butunlay boshqacha, to‘g‘ri, lekin baribir, Ronaldoning o‘ynay olmasligi (aslida butun Braziliya o‘ynay olmagan) ortida futboldan tashqari nimadir borligiga ishonchimiz komil edi negadir. Axir, shunchaki futbolchining o‘yini chiqmasligi, himoyachilar uni yaxshiroq qo‘riqlashlari ham mumkin-ku, to‘g‘rimi?

Messi yoki Ronalduning muvaffaqiyatsiz o‘yinlarini ko‘p ko‘rganmiz. Hatto ular o‘zlarining eng yaxshi mavsumini o‘tkazayotgan paytlarda ham. Tabiiy va oddiy holat. Bo‘lib turadi. Ular ham odam.

Lekin braziliyalik Ronaldo haqida unday o‘ylashmasdi.

Qahramon Aslanov

Kiritildi: 06:49, 22.05.2021.
O'qildi: 1792 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик