Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Murod Bobojonov: «Muxlislardan uzr so‘rayman, lekin ularning ba’zilariga ham o‘z fikrim bor!»

Murod Bobojonov: «Muxlislardan uzr so‘rayman, lekin ularning ba’zilariga ham o‘z fikrim bor!»

Baho:
+ | -

"Surxon"  - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so‘ng, "Surxon" futbol klubi norasmiy fan klub kanalida "Murod Bobojonovning muxlislardan uzr so‘rashini xohlaymiz" qabilida post qoldirilgan. Ushbu vaziyatga oydinlik kirtish maqsadida futbolchi bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritdik.

"Avvalo g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Ochig‘i, o‘yin yakunlangach, norasmiy fan klub kanalidagi postni o‘qib, hayron qoldim. O‘zimga-o‘zim savol berdim qaysi harakatim uchun uzr so‘rashim kerak? Maydonda borimizni berib, faqat g‘alaba uchun maydonga tushyapmiz. Imkon qadar golli vaziyatlar yaratishga harakat qilayapmiz.

Lekin, shuni ta’kidlashim joiz, maydonda harakat qilayotganimda jamoamiz muxlislari bizga muxlislik qilib, dalda berish o‘rniga aksincha turli xil haqoratli so‘zlar bilan "siylashadi". Undan tashqari, raqib jamoaga muxlislik qilayotganlarini ham eshitib qolaman. Bu bizga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda.

Muxlislardan uzr so‘rayman. O‘z navbatida muxlislardan har bir bahsda har bir futbolchiga dalda berishlarini va 12-o‘yinchi bo‘lishlarini so‘raymiz. Ularning qo‘llab-quvvatlashi bizga qo‘shimcha kuch beradi", — dedi Murod Bobojonov.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 09:39, 22.05.2021.
O'qildi: 2297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.