"PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi hujumchi Kilian Mbappening Parij klubini tark etmasligiga ishonch bildirdi.
"Kilian "PSJ" futbolchisi va "PSJ" futbolchisi bo‘lib qoladi. Men bundan tashvishlanmayman. Sizni ishontirib aytamanki, u jamoada qolishni istaydi va qoladi. Yo‘q, yangilanish bo‘yicha muzokaralar bloklanmagan. Demak, bu borada biz mutlaqo xotirjammiz”, - deydi Al-Xelayfi.