Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ronaldu: «Men Italiyada o‘z oldimga qo‘ygan maqsadimga erishdim»

Ronaldu: «Men Italiyada o‘z oldimga qo‘ygan maqsadimga erishdim»

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagramda mavsumni sarhisob qilgani haqida post joylashtirdi.

Ronaldu «Inter»ni munosib chempionlik bilan tabriklab, shu bilan birga u Italiyada o‘z maqsadiga erishganini ta’kidladi.

«Men Italiyaga kelganimdan keyingi birinchi kundanoq o‘z oldimga qo‘ygan maqsadimga erishdim: chempionat, kubok va superkubokni yutish, shuningdek, ajoyib futbol mamlakatida eng yaxshi o‘yinchi va eng yaxshi to‘purar bo‘lish, futbolchilar, gigant klublar va futbol madaniyati bilan tanishish», - deb yozgan Ronaldu.

Ronaldu o‘zining yutuqlari bilan faxrlanishini ta’kidladi. «Hech nimani mening o‘ynagan mamlakatlarda o‘z izimni qoldirganimni va o‘zim vakili bo‘lgan klublar muxlislariga quvonch baxsh etganimni bilish hissi bilan solishtirib bo‘lmaydi», - deya o‘z his-tuyg‘ularini baham ko‘rdi portugaliyalik yulduz.

Manba: eurofootball.ru
Kiritildi: 18:05, 25.05.2021.
O'qildi: 9274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик