Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Boks. O‘zbekiston erkaklar jamoasining barcha a’zolari yarim finalga chiqishdi

Boks. O‘zbekiston erkaklar jamoasining barcha a’zolari yarim finalga chiqishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Birlashgan Arab Amirliklarida boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Kecha musobaqaning uchinchi kun janglari bo‘lib o‘tdi. Unda ringga ko‘tarilgan 6 nafar sportchimizning barchasi muvaffaqiyatga erishib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Shahobiddin Zoirov (-52 kg) Afg‘oniston vakili Ramishga qarshi bahs yuritdi va 5:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, -60 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Abdumalik Halokov tojikistonlik bokschi Abdurahmon Yoqubovni taslim etib, musobaqaning yarim finaliga chiqdi.

Yana bir o‘zbekistonlik bokschi Bobousmon Boturov (-69 kg) esa qirg‘izistonlik Nuradin Rustambek uulini mag‘lubiyatga uchratdi.

Saidjamshid Ja’farov (-75 kg) turnirdagi ikkinchi jangida qirg‘izistonlik Omurbek Bekjigit uuluga qarshi to‘qnash keldi. O‘zbekistonlik bokschi ushbu vazn toifasining to‘rtinchi raqamli vakilini taslim etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Dilshodbek Ro‘zmetov (-81 kg) qatarlik Said as-Samix Nossirga qarshi jang qildi va ikkinchi raunddagi texnik nokaut evaziga raqibini yengdi.

Bahodir Jalolovning (+91 kg) tojikistonlik raqibi Siyovush Zuxurov jangga chiqmaslikka qaror qildi va o‘zbekistonlik bokschi avtomatik tarzda yarim finalga chiqdi.

Shu tariqa, turnirga yo‘l olgan O‘zbekiston erkaklar jamoasining barcha a’zolari yarim finalga chiqishdi. Qo‘shni Qozog‘istonning 6 nafar erkak bokschisi bu bosqichga yetib kelishdi, 4 nafari esa musobaqa bilan ertaroq xayrlashishdi.

Kiritildi: 06:33, 27.05.2021.
O'qildi: 5552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.