Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Zidan "Real"dan zerikdi. Uning o‘rnini kim egallaydi?

Zidan "Real"dan zerikdi. Uning o‘rnini kim egallaydi?

Baho:
+ | -

Bugun Zinedin Zidan "Real Madrid"ni tark etganini e’lon qildi. Shunday qilib, fransiyalik murabbiy ikkinchi bor o‘z xohishiga ko‘ra "qirollik klubi"ni tark etmoqda. Bunga sabab nimada?Maydaroq sabablar ko‘rsatishimiz mumkin, ammo baribir katta sabab bu murabbiyning o‘z mavqeini saqlash uchun ayrim narsalarni qurbon qila olishidir.

"Real"ni ketma-ket uch marotaba Chempionlar Ligasida chempion qila olgan Zidan bundan 3 mavsum avval Madrid klubini kichik tortishuv sabab tark etgan edi. Una keraksiz, futbolchini rahbariyat qadrlashi va xatto murabbiydan ham baland darajaga qo‘yishi unga yoqmagan edi. Gap kim haqida ketayotganini tushunmagan bo‘lsangiz kerak. Hozir u futbolchi "Tottenxem"da o‘ynamoqda va yana "qaymoqranglilar" safiga qaytish niyatida. Bu qaysi futbolchiligi o‘ta sirli bo‘lib ketdi. Xullas, Zidan klubga o‘z talablarini qo‘ya oladi. Agar, klub uning talablarini ko‘tara olmasa u xohlagan payti u o‘z lavozimini tark etishga tayyor. Aslida, o‘sha payti Zidan Peres bilan kelisha olmadi, ammo baribir u qaytdi yoki qaytarishdi desak ham bo‘laveradi.

Bu safar uning ketishiga nima sabab bo‘ldi?

Bu mavsum "Real" YECHL yarim finalgacha bordi va unda "Chelsi"ga mag‘lub bo‘ldi. La Ligada ham klub oxirigacha kurashdi, ammo baribir yakunda Madridning boshqa bir klubi "Atletiko" chempionlikni qo‘lga kiritdi. Mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlandi, ammo rahbariyat tomonidan Zidanga hech qanday e’tirozlar bo‘lmayotgan edi. U qila oladigan ishni boshqa bir murabbiy bu klubda qilishi qiyin. Uning ketishiga, birgina izoh bersa bo‘ladi. U shunchaki zerikdi. Bu klubda ishlashdan va qaysar rahbariyat bilan hamkorlik qilishdan zerikdi. Yangi chaqiruvlar davri kelganini tushunib yetdi. O‘z vaqtida u "Real"ni tark etib, yana qaytgan payti o‘zi tuzgan "gollaktikos"ning kattaroq qismi saqlanib qolgan edi. Ayni paytga kelib o‘sha paytdagi futbolchilarning ko‘pchiligi o‘z faoliyatida pasayishni boshdan kechirmoqda. Katta transferlar ham faqat gapda qolib ketmoqda. Biroz obrazlarda aytadigan bo‘lsam, Zidan tayyor mahsulotlardan yaxshi taom tayyorlay oladi, ammo mahsulotni o‘zi yetishtira olmaydi. Hozir "Real"ni boshidan qurish kerak. Balki, Zidan buni ham uddalay olgan bo‘lar edi. Shunchaki, uning bunga sabri yetmagandir, balki.

Uning o‘rniga kim keladi?

Uning o‘rniga "Real"da Allegrini ko‘rishimiz mumkin, ammo u ayni dam "Yuventus" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Konte esa eng muqobil variant. U ayni damda ishsiz. Uning darajasi "Real"ga mos tushadi va u klubga natijalar keltira oladi. Faqat bir muammo shuki, u ham jamoa qurish masalasida maqtana olmaydi. U ham tezroq natija ko‘rsatishni xohlaydigan murabbiy. Raul varianti esa eng so‘nggisi hisoblanadi. Tobora shu variantga yaqinlashib borayotgandaymiz.

Uning o‘zi qaysi klubni boshqarishi hozircha noma’lum. "Yuventus" deb aytar edim, ammo Turin klub ayni dam sobiq murabbiyni qaytarish bilan ovora. Fransiya terma jamoasida esa Zidanning ishlash ehtimoli past. Sababi, klubda tez-tez o‘yinlar o‘tkazib, katta futboldan ko‘proq bahramand bo‘lib yurgan murabbiylar, terma jamoalarda ishlashni uncha hushlamaydi. U APLga borishi mumkin, ammo kimga ekanligini aytish qiyin yoki PSJ varianti ham yaxshi. Ayni dam Pochettinoning ham kelajagi so‘roq ostida. Hammasi uning o‘ziga bog‘liq. U ishlashni xohlasa har qanday qatta klublarda ish topiladi. 

                                                                                              Xudayqulov KARIM tayyorladi

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:46, 27.05.2021.
O'qildi: 8093 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.