Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Chempionlar ligasi g‘olibi yangi transferlar uchun kurashadi

Chempionlar ligasi g‘olibi yangi transferlar uchun kurashadi

Baho:
+1 | -

«Chelsi» klubi uchun unutilmas lahzalarni taqdim etgan Portudagi ajoyib g‘alabadan so‘ng, «ko‘klar» ustozi Tuxel yangi transferlar uchun kurashga kirishish istagida.

Xabarlarga ko‘ra, u yozgi transferlar uchun klub rahbariyatidan taxminan 200 million funt so‘raydi. Londonliklar ustozi jamoasining har bir chizig‘i – himoya, hujum va yarimhimoya zonalarini kuchaytirib olmoqchi. Shuningdek, xabarlarda aynan qaysi pozisiya o‘yinchilari sotib olinishi mumkinligi ham aytib o‘tilgan. Unga ko‘ra, Portudagi fantastik o‘yinlariga qaramay, Ris Jemys uchun kuchli raqobat yarata oladigan prototip rejalangan. Qolaversa, Timo Verner yanada o‘sishi uchun unga ham raqobatchi xarid qilinishi mumkin.

«Telegraf» nashriga ko‘ra, Tomas Tuxel short-listiga olti nafar yulduz futbolchilar kiritilgan. Ushbu katta nomlar tarkibida Xarri Keyn ham mavjud. Ushbu yozda «Tottenxem»dan ketishi aytilayotgan hujumchi uchun «Chelsi» jiddiy da’vogarlik qilishi mumkin. Shuningdek, APLning "Oltin butsa" hamda "Best Playmaker" sovrinini qo‘lga kiritgan futbolchini Manchester shahrining har ikkala klubi ham o‘z libosida ko‘rish istagida. Keyn transferi 150 million funt atrofida baholanishi taxmin qilingan.

Short-listning keyingi nomi ham ma’lum. Ushbu nom, «Inter» bilan joriy mavsum Italiya chempioniga aylangan Romelu Lukakudir. Hujumchi joriy mavsumda A seriyada 24 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Belgiyalik futbolchi Milan shahri klubida moliyaviy muammolar borligi tufayli transfer bo‘lish ehtimoli mavjud. Uning narxi 100 million funt sterling atrofida bo‘ladi. Lukaku Chempionlar ligasi finalini o‘z agenti bilan stadiondan turib kuzatgan. Bu esa xabarning ishonchliligini anglatadi.

Germaniyalik mutaxassisning keyini nishoni — «bo‘rilar» yarimhimoyachisi Adama Traore. Tuxel ushbu futbolchini tezroq sotib olish niyatida. Ispaniyalik futbolchi xaridi, yuqorida aytilgandek, Jeymsga raqobat uyushtirish niyatida ko‘zlangan transferdir.

Klub «Myunxengladbax» futbolchisi Yonas Hofmann uchun ham yaxshi taklif hozirlagan. 28 yoshli futbolchi yarimhimoyadagi ishlarda asqotishiga mumkin. «Chelsi»ga Hofmanning Bundesligadagi o‘yinlari ma’qul keldi. Yigirma bitta o‘yinda 11 golga uzatma amalga oshirgan nemis futbolchisi «shporlar» va «Lester»ning ham nishoniga aylangan.

«Chelsi» hamshahar klubi – "Vest Xem" bilan Deklan Rays transferi uchun muzokaralarga kirishishi mumkin. Ammo masala biroz murakkab. «Bolg‘achilar» 22 yoshli futbolchisi uchun 100 milliondan kam narx belgilamaydi. Shu sababli, klub arzonroq variantni qo‘llash niyatida. «Ko‘klar» skauti nazariga tushgan «Monako» vakili — Orelyen Tchuameni xaridi nisbatan yengilroq bitadi.

Londonliklar transfer byudjeti ushbu yozda bir necha futbolchilar sotuvi evaziga ortishi mumkin. Jumladan, Temmi Abraxamni 40 mln. evaziga sotish rejalashtirilgan. Shuningdek, ijaradagi futbolchi, Fikayo Tomori bilan «Milan» doimiy shartnoma imzolash niyatida.

Transferlar yuzasidan Tuxel quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: "Yangi mavsum uchun ikki yoki uchta yangi o‘zgarishlar kiritish yaxshi ta’sir beradi. Jamoaga har doim yangi quvvat va yangi g‘oyalar kerak. Bizga ortiqcha futbolchilarni keragi yo‘q. Hamma harakatlar reja asosida amalga oshiriladi. Tarkibimiz asosan yosh o‘yinchilardan iborat. Menga bu yoqadi va ular bilan o‘sish yaxshiroq ko‘zga tashlanadi".

Jaloliddin Ismatov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:42, 01.06.2021.
O'qildi: 5982 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.