«Yuventus» ushbu yozda yangi markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolaydi.
Ushbu tashabbus jamoaning yangi ustozi Massimiliano Allegridan chiqqan. Shu bilan birga, yangi hujumchi Krishtianu Ronalduning jamoada qolish-qolmasligidan qat’iy nazar sotib olinishi ta’kidlandi.
Italiya matbuotining yozishicha, Allegri uchta potensial nomzodlar ro‘yxatini tuzgan. «Yuventus» Arkadiush Milik, Dushan Vlaxovich va Doniyell Malen o‘rtasida tanlov qiladi.