Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Yevro-2020da qatnashuvchi 3 ta eng xujumkor jamoa

Yevro-2020da qatnashuvchi 3 ta eng xujumkor jamoa

Baho:
+ | -

Boshlanishiga 5 kun qolgan Yevro-2020 turnirida g‘olib bo‘lish uchun nomzodlar har doimgidan ham ko‘proq. Sababi, terma ko‘plab terma jamoalarning darajasi bir-birinikiga ancha yaqin, ammo baribir hujumkorlik masalasida 3 ta terma jamoa bu mavsumda qolgan jamoalardan ancha kuchliroq. Ushbu 3 jamoa nomi bilan tanishib chiqamiz:

Portugaliya

Portugaliya terma jamoasi 5 yil avval Yevro-2016 turnirida g‘olib chiqqan edi. O‘sha paytdagi tarkib ancha sodda va biroz kuchsizroq edi. Krishtianu Ronalduning va murabbiyning taktikalarari va omad evaziga portugallar o‘shanda chempion bo‘lgan edi. Ayni dam o‘sha murabbiy hamon jamoada. Shuningdek, Ronaldu ham hali bu termaga yordam bera oladi. Uning yonida esa yulduzlarga to‘la tarkib. Bruno Fernandesh, Diyego Jota, Andre Silva, Jaou Feliks kabi nomlarning o‘zi hammasini aytib turibdi, ortiqcha izohga esa hojat yo‘q. Kamtarona tarkib bilan chempion bo‘la olgan Portugaliya, yulduzlar bilan ushbu sovrinni himoya qila oladimi yoki yo‘qmi buni turnir yakunida bilib olamiz.

Fransiya

Fransiya terma jamaosi har doim yulduzli tarkibga ega bo‘lib kelgan, ammo so‘nggi yillarda tarkib shunchaki dahshatli ko‘rinishga keldi. Yevro-2016 va 2018 yilgi Jahon Chempionatida ushbu yulduzli tarkib o‘z so‘zini ayta oldi. Yevro-2016 bu jamoa omadsizlik tufayli turnirda g‘olib chiqa olmagan edi, Rossiyadagi mundialda esa baribir bu yulduzlar, bu nomlar o‘z so‘zini aytdi. Ayni paytda ham fransuzlar safida o‘sha mundialdagi ko‘plab futbolchilar mavjud. Hujum chizig‘ida o‘zgarishlar katta emas va Benzema kabi dunyo darajasidagi futbolchi nihoyat tarkibga qaytdi, ammo baribir hozir bu yulduzli tarkib va umuman jamoa o‘zining pik darajasidan biroz pastlashni boshladi. Balki, shu pasayish davrida ham ular ko‘p ishlarga qodirdir.  Mbappe, Grizmann, Benzema, Dembele, Jiru, Koman kabi futbolchilarga ega jamoadan ko‘p narsani kutsak ham bo‘laveradi, aslida.

Angliya

Inglizlarning tarkibi mana shu turnirda eng mukammal tarkiblardan biri hisoblanadi. Shuningdek, tarkibda klublar miqyosida eng kuchli chempionatda to‘p surayotgan futbolchilar soni anchani tashkil etadi. Shunday bo‘lsa ham mazkur terma jamoaga nimadir yetishmaydi. Balki, Angliya Premyer-Ligasidagi og‘ir mavsumdan so‘ng futbolchilarning jismoniy holati bu omadsizliklarga sabab bo‘lar yoki bir-biriga doim qarshi o‘ynaydigan futbolchilarni bir jamoa sifatida shakllantirish qiyin masaladir. Nima bo‘lgan taqdirda ham ularning tarkibi shunchaki dahshatli. Xujumda Xarri Keyn, Markus Reshford, Jeydon Sancho, Rahim Sterling, Fil Foden kabi hujum vakillari bilan Angliya chempion bo‘lmasa, bu ular uchun omadsizlik hisobladi. 

 

Mazkur rasmda jamoaning asosiy hujumchilarining ushbu mavsumdagi statistikalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Xo‘sh, qaysi terma jamoaning hujum chizig‘i kuchliroq?

Manba: sports.ru
Kiritildi: 17:13, 06.06.2021.
O'qildi: 8413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.