Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi nima uchun jarohatlangan Maguayrni tarkibda ushlab turibdi?

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi nima uchun jarohatlangan Maguayrni tarkibda ushlab turibdi?

Baho:
+ | -

Harri Maguayr jarohati tufayli, «MYU»ning so‘nggi o‘yinlarini, xususan, Yevropa Ligasi finalini o‘tkaib yubordi. Hali ham tiklangani yo‘q, katta ehtimol bilan kamida ikki hafta maydonga tusha olmaydi. Ya’ni, Yevro-2020ning guruhdagi uchala o‘yinda ham o‘ynay olmasligi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, Sautgeyt uni terma jamoa zayavkasidan chiqarib yubormayapti.

Qizig‘i, Maguayr shu sharoitda ham Yevroga olib ketiladigan darajada yetakchi emasdi. Masalan, ushbu mavsumda u Angliya milliy jamoasining 11 o‘yinidan 6 tasida qatnashgan xolos. Xo‘sh, nega?

Maguayrning tugagan mavsumdagi eng zo‘r o‘yinlari qaysi, bilasizmi? Menimcha, shu, «Yunayted»ning «Liverpul», «Lester» bilan, keyin Yevropa Ligasi finalidagi o‘yinlar. Ya’ni, Maguayr qatnashmagan bahslar. Paradoks shundaki, aynan shu o‘yinlarda Maguayrning «MYU»dagi ahamiyati namoyon bo‘ldi. Asosan tanqid qilingan, uning sekinligi, xatolari tilga olingan bo‘lsa, qarasak, Maguayrning fazilatlari ham ko‘p, ham muhim ekan - bosh bilan deyarli yutqazmaydi, himoyani boshqaradi, bild-ap, ya’ni, himoyadan hujumga chiqishda asosiy rolni bajaradi. Usiz «MYU» himoyasi butunlay izdan chiqar ekan. Buni ko‘rgan Sulsher ham, to so‘nggi daqiqalargacha, finalda Harrining qaytishidan umid qildi.

Esingizda bo‘lsa, Hendersonning 2019/20 mavsumida APLning eng yaxshisi bo‘lishiga fevraldagi «Liverpul» natijalari sabab bo‘lgandi. O‘shanda Hendo ham jarohat tufayli ikki hafta o‘ynolmaganda, Klopp shogirdlari Angliya kubogi va YECHLni boy bergan, APLda ham og‘riqli mag‘lubiyatlar qabul qilgandi. Odatda qora ishni qiladigan, ko‘zga tashlanmaydigan Hendersonning chempion jamoadagi o‘rni, ahamiyati bilinib, yakunda u eng yaxshi, deb e’tirof etilgandi.

Maguayrga bo‘lgan Sautgeytning, balki muxlislarning ham munosabati ham shunga o‘xshab ketadi. Qiziq tomoni, Sautgeyt hali tiklanib ulgurmagan yana bir futbolchini zayavkada ushlab turibdi. Kim?

Topdingiz, o‘sha Henderson. O‘ynamagan o‘yinlari tufayli yulduzga aylangan ikki futbolchi.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 23:08, 06.06.2021.
O'qildi: 5111 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.