Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Hojimat Erkinov Toshkentga qaytadi

Hojimat Erkinov Toshkentga qaytadi

Baho:
+ | -

Futbolchidagi jarohatning ilk belgilari sizni xavotirga solsa-yu, obdon tekshiruv natijalari ko‘ngilga taskin beruvchi bo‘lib chiqsa nur ustiga a’lo nur. Hojimat Erkinov misolida ham deyarli shunday holat. Ammo uni yana bir tekshiruv kutib turibdi. Chunki jarohat yangi mahali ko‘rinmagan ba’zi jihatlar, o‘sha muammoli joyda o‘tkir kechgan jarayonlar o‘tib ketgachgina ko‘rinish berishi mumkin.

Bugunga kelib kerakli davo muolajalaridan so‘ng Hojimatning ahvoli ancha yaxshi. Ammo musobaqa u uchun yakun topgani aniq. Buyog‘iga zarur davo, reabilitasiya, chempionat o‘yinlariga tayyorgarlik...

Hech qayerga chiqmay, mehmonxonaning diqqinafas xonasida faqat muolaja qabul qilish futbolchida biroz ruhiy bosim hosil qiladi, davo samarasi ham kamayadi. Murabbiylar shtabi, futbolchining o‘zi, klub mutasaddilari bilan bamaslahat Hojimatning so‘nggi tibbiy tekshiruvi va keyingi davo muolajalarini Toshkentda davom ettirishga kelishildi. O‘FA Erkinovning to‘liq sog‘ayguniga qadar zarur barcha ko‘makka shay. U ertaga jamoadoshlarini oila davrasida qo‘llab turadi.

Abror Pirriyev
O‘zbekiston terma jamoasi shifokori.

Manba: https://t.me/abrorpirmuhammad
Kiritildi: 19:15, 10.06.2021.
O'qildi: 6691 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик