Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Deniyel Jeyms: "Futbol shunday sport turiki..."

Deniyel Jeyms: "Futbol shunday sport turiki..."

Baho:
+ | -

«Qizil iblislar» futbolchisi Yevro-2020 da jamoasi bilan ishtiroki haqida gapirdi.

Uels va "Manchester Yunayted" vingeri – Deniyel Jeyms o‘z intervyusida qit’a chempionati bilan bog‘liq fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U o‘z klubi bilan Polshadan quruq qo‘l bilan qaytib kelganidan keyin, Yevropa chempionatiga jamoasi bilan jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. 23 yoshli futbolchi o‘sha final bahsida penaltilar seriyasida ishtirok etib, o‘z zarbasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Ammo bu yetarli bo‘lmagan edi.

Bu haqda Jeymsning o‘zi shunday deydi: "Mag‘lubiyat meni, qolaversa, jamoadoshlarimni ham juda xafa qildi. Barchamiz afsusda edik. Lekin men va boshqa futbolchilar uchun hali mavsum yakunlanganicha yo‘q. Bizni Yevro kutmoqda. Futbol shunday sport turiki, unda siz yiqilsangiz, yanada kuchliroq bo‘lib o‘rningizdan turishingiz kerak. Bunga majbursiz!"

Uels tarkibiga 20 ta o‘yinchi tanlab olingan. Har bir o‘yinda Garet Beyl jamoasini sardor sifatida maydonga boshlab tushadi. Ular ichida Jeyms ham mavjud. Terma jamoa tarkibida 2018 yilning noyabrida, Albaniyaga qarshi debyut qilgandan buyon, u termada 16 ta o‘yinda maydonga tushgan. Ammo yakuniga yetgan mavsum davomida Jeyms klubi bilan jami 61 uchrashuvdan atigi o‘n sakkiztasida bo‘y ko‘rsatdi, xolos. Albatta, bu narsa bosh murabbiy Sulsherning qarorlari bilan bog‘liq edi. Shuniyam aytib o‘tish kerakki, sobiq «Suonsi» klubi hujumchisi, 2019 yilning yozida 15 million funtga xarid qilingandan beri, «Yunayted» tarkibida juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganlar qatoridan o‘rin egallagan.

Yuqoridagi vaziyatga munosabat bildirar ekan, u bunday fikrda emasligi, «mankunyanliklar» tarkibida ham o‘zini yaxshi ko‘rsata olgan o‘yinlari bo‘lgani, biroq nisbatan Uels termasida jamoasiga ko‘proq yordam berib, izchillik ko‘rsatganini ta’kidladi. Agar Uels terma jamoasi guruhdan chiqish vazifasini uddalay olsa, Jeyms o‘z mamlakati termasi uchun kuchliroq ahamiyatga ega bo‘la boradi. Chunki, pley-offlarda raqobat guruhdagi o‘yinlarga qaraganda, tabiiyki kuchli. Buni bosimning yuqoriligi bilan izohlash mumkin. Qolaversa, muxlislar faktori ham muhim sanaladi.

Tezkorlikka urg‘u beradigan uelsliklar, o‘z raqiblarini asosan, hujumda qiynashi tahmin qilingan. Bunda hujumdagi futbolchi Beyl hamda uni ta’minlovchi ajoyib duo – Aaron Remzi va Devid Bryuks, raqiblar uchun haqiqatdan ham qo‘rqinchli tuyulishi aniq. Ushbu jihatga ham e’tiborini qaratgan Deniyel Jeyms shunday deydi: "Men anchadan buyon terma jamoada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotgan edim. Bryuks va Remzi ham ohirigi ikki yil ichida jarohatlar sabab, asosan o‘ynay olishmadi. Lekin ular jamoaga qaytishganida, yanada kuchliroq bo‘lganiga guvoh bo‘ldik. Remzi bilan shaxsan, terma jamoa tarkibida bir yoki ikki marta to‘p sura olganman, xolos. O‘shnada ham u o‘zini ko‘rsatib, Vengriyaga ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. Umuman olganda, bizning termadagi eng katta yutug‘imiz — bu jamoaga kerakli bo‘lgan barcha futbolchilar shu yerda ekanligi. Raqiblarni yengib o‘tishni xohlasak, maydonda to‘g‘ri pozisiyalarda, to‘g‘ri paytda bo‘la olishimiz va imkoniyatlardan maksimum foydalanishga e’tibor berishimiz kerak".

U intervyu so‘nggida: "Menga klubda ham terma jamoada ham erkinlik berishadi. Maydondagi har bir chiziq vakili, himoyani o‘ylab harakat qilishi juda muhim mezondir. Men o‘zimni hujumkor futbolchi sifatida ko‘raman, ammo haliyam himoyada yordamchi bo‘lishga va kerakli vazifalarni bajarishga intilishim kerak. Jamoa muvaffaqiyatida universal futbolchilarni o‘rni katta. Men ham yashil maysa ustida har qanday joyda o‘ynay olishim lozim" deb fikrlariga yakun yasaydi.

Eslatib o‘tamiz, Uels terma jamoasi A guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, o‘zining ilk o‘yinini 12 iyun, shanba kuni Ozarbayjonning Boku shahrida, Shveysariyaga qarshi o‘tkazadi.

Jaloliddin Ismatov.

Kiritildi: 14:19, 12.06.2021.
O'qildi: 3363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.