Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Yevro-2020. Ruslar o‘z uyida asosiy futbolchilarisiz qolgan Belgiyani qabul qiladi

Yevro-2020. Ruslar o‘z uyida asosiy futbolchilarisiz qolgan Belgiyani qabul qiladi

Baho:
+ | -

Kecha Yevropa Chempionati start oldi va bugun ham mazkur turnir doirasida bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yinlar ichida eng katta afishaga ega uchrashuv Rossiya hamda Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lsa kerak, menimcha. Belgiya katta nomlarga ega, ammo Rossiya ham o‘ziga xos harakterli kuchli jamoa hisoblanadi. So‘nggi mundialda ular bizni xayron qoldirishgan edi. Bu safar ham ruslar katta maqsadlar bilan iloji boricha uzoqroqni ko‘zlab mazkur turnirga yetib kelgan. Belgiya esa maksimal darajada uzoqni ko‘zlaydi, ya’ni chempionlik ularning asosiy maqsadi. Sababi, bu tarkib bilan ular bemalol ko‘hna qit’a chempionligini qo‘lga kiritsa bo‘ladi. Imkoniyatlargi yetarlicha baho berdik, endi esa mazkur o‘yin oldidan ikkala jamoaning holatiga to‘xtalib o‘tamiz:

Belgiya

Belgiya terma jamoasi 9 o‘yindan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Ayni damda ulrada kuchli tarkib va yaxshi shakllangan jamoa mavjud, ammo yo‘qotishlar ham yo‘q emas. Kevin De Bryuyne birinchi tur uchrashuvini kichik jarohat sabab o‘tkazib yuborish ehtimoli mavjud. Azar ham ilk turda katta ehtimol maydonga tusha olmaydi. Vitselning ham maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi, ammo u rus futbolini yaxshi tushungan shaxs sifatida murabbiyga yordamchi vazifasini bajarishi mumkin. Bu terma jamoa muxlislarini hursand qiladigan bir jihat - Lukakuning maydonda ekanligi. Yakunlangan mavsumda u ajoyib o‘yinlar o‘tkazdi. Terma jamoa safida uning hisobida 93 ta o‘yinda 60 ta gol mavjud va u Belgiya tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Shuningdek, Azar ham sermahsullik masalasida ancha yaxshi ko‘rsatkichga ega. Hozircha 30 yoshli yarim himoyachi hisobida 32 ta gol mavjud. Garchi, ayrim yetakchilar o‘yinni o‘tkazib yuborsada, Belgiyaning tarkibi ancha raqobatdardosh hisoblanadi. Birgina maydon markazining chap qanotida anchagina kuchli raqobat vujudga kelgan. Shadli, Torgen Azar va Karraskolar ushbu nuqtada harakat qiladi. Torgenning biroz hujumkorroqligini inobatga olsak, uni boshqa nuqtalarda ham o‘ynatsa bo‘laveradi. Shuningdek, Yuri Tilemansning yarim himoyadagi ishonchli o‘yinlari va pushka zarbalari ruslarni ancha qiynab qo‘yishi mumkin. Rossiya terma jamoasi Kurtua darvozasiga gol urishi ancha qiyin. Boisi, u ayni damda yaxshi formada va u terma jamoa safida har doim o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatib kelgan, ammo ungacha himoyadan o‘tish masalasi turibdi. Odatda Roberto Martines shogirdlari uch markaziy himoyachi bilan o‘ynaydi. Tobi Alderveyreld, Yan Vertongen va Tomas Vermalen uchligi katta ehtimol Belgiya himoyasini tashkil qilsa kerak. Shunday ekan, ular bu bahsga to‘liq tayyor va asosiy favorit sifatida tilga olinmoqda. Buni maydonga isbotlash qoldi holos.

Taxminiy tarkib: (3-4-2-1): Kurtua – Alderveyreld, Denaye, Vertongen – MenYE, Dendonker, Tilemans, T. Azar (Karrasko) – Mertens, Doku (T. Azar) – Lukaku.

Rossiya

Ruslar o‘z tarkibi bilan maqtana olmaydi, har holda Belgiyaning oldida. Avval aytganimdek, jamoaviy o‘yin va kurashuvchanlik evaziga ular o‘z raqiblarini mag‘lub etishi mumkin. Boisi, Belgiyaning har bir nuqtada harakatlanuvchi futbolchisi klass bobida ruslardan ustun. Rossiyaning yarim himoyasida Aleksandr Golovin harakat qiladi va bu futbolchi mazkur terma jamoaning eng ishongan futbolchilaridan biri hisoblanadi. 25 yoshli yarim himoyachi "Monako" tarkibida harakat qiladi va u yakunlangan mavsum Fransiya chempionatida 21 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 9 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. U Mundialda ham o‘zini ko‘rsata olgan edi va katta ehtimol bu safar ham o‘z jamoasining eng muhim futbolchilaridan biri bo‘ladi. Miranchuk ham yarim himoyada unga yordam beradi. Artyom Dzyuba esa anchadan beri Rossiya terma jamoasining asosiy hujumchisi hisoblanadi. Bu nuqta uning o‘zigagina tegishli va u mazkur turnir davomida jamoasi uchun kerakli gollarni urishi kutilmoqda. Nazariy jihatdan Stanislav Chercheshev shogirdlarining imkoniyati past, ammo nima bo‘lgan taqdirda ham hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Taxminiy tarkib: (3-4-2-1): Shunin – Barinov, Djikiya, Semenov – Fernandes, Zobnin, Ozdoyev, Karavayev (Jirkov; Kuzyayev) – Miranchuk, Golovin – Dzyuba.

O‘yinlar tarixi

Mazkur jamoalar o‘z tarixida umumiy 9 marotaba o‘yin o‘tkazgan va ularning 7 tasida Belgiya g‘alaba qozongan 2 marotaba esa durang natija qayd etilgan. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv 2019 yilning 16 noyabrida bo‘lib o‘tgan va unda Rossiya 1-4 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

 

                                                                            Xudayqulov KARIM tayyorladi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:55, 12.06.2021.
O'qildi: 4453 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.