Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Hayot futboldan ustun!

Hayot futboldan ustun!

Baho:
+2 | -

Yuguraman deb 2-3 qadam tashladiyu... birdan yerga yiqildi. Yonidagi jamoadoshlari va raqib futbolchilari tezda vaziyat jiddiyligini payqashib vrachlarni imo-ishoralar bilan chaqirishdi.

Uning ko‘zlari ochiq va bir nuqtada qotib qolgandi. Yuragim shuuuv etdi, miyaga qon qo‘yildi (insult) degan fikr keldi. Vaqt to‘xtab qolganday, jamoa shifokori esa xayolimda juda kech yugurib kelganday bo‘ldi.

Uni o‘rab olishdi, jamoa sardori yordam berib boshini ushlab turdi va go‘yo uni og‘ziga barmoqlarini solib tilini tortmoqchi bo‘lganday taassurot qoldirdi. Vaqt to‘xtab qolgandi, hamma shokda.

Unga sun’iy nafas qila boshlashdi, uni o‘rab turgan jamoadoshlarini ayrimlarini ko‘zlarida yosh, ayrimlari duo qilishardi...

Uni defibrillyator yordamida jonlantirishmoqchi bo‘lganini ko‘rib, vaziyat qil ustida ekanligini tushundim. "Kerak emas Yevro, kerak emas turnir, faqat shu yigit o‘lmasin" degan fikr miyadan to‘xtamasdan zuuvv etib o‘tardi...

15 daqiqa, balki sal ko‘proq uni hayotga qaytarish uchun maydonni u yiqilgan joyida kurash ketdi, lekin... vaqt esa to‘xtab qolganday edi, go‘yo...

Xayriyat, uni o‘ziga kelgan suratni ko‘rganimdan keyin (uni to‘liq o‘rab olishgandi va nima bo‘layotganini ko‘rishni imkoni deyarli yo‘q edi), qattiq chanqaganimni sezdim.

Hayot, futboldan ustun!

Insoniylik, odamgarchilik — millat, ellat, ijtimoiy masofa va din tanlamasligiga yana bir bora guvoh bo‘ldim! Tezroq sog‘ayib ket, Kristian!

p.s. Voqea ro‘y bergan holatdan keyin, arzimagan 90 minut ichida Germaniya terma jamoasi mana bunday rasmni post qildi!

Yashasin insoniylik, abadiy bo‘lsin odamgarchilik, bravo shu ishni butun jamoa bilan tashkil qilgan nemislarni aqli va ishi tez menejerlari!

Daniya esa bugun g‘alaba qozondi!

Furqat Qurbonov.

Kiritildi: 07:00, 13.06.2021.
O'qildi: 8876 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик