"Bavariya" va Germaniya yarim himoyachisi Yozua Kimmix Yevro-2020da g‘olib chiqishni maqsad qilganini aytdi.
"Evroni yutish bu mening katta maqsadim. Men turnirga: "Keling, guruhdan chiqa olamizmi" degan so‘zlar bilan bormayman. Ammo, albatta, bu bizning birinchi maqsadimiz. Bizni nihoyatda qiyin raqiblar bilan o‘yinlar kutib turibdi. Biz uchun final bosqichi erta boshlanadi. Bizning kafolatlarimiz yo‘q", - deydi futbolchi.