Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Yevro-2020. Angliya - Xorvatiya uchrashuvida yagona gol o‘yin masalasini hal qildi

Yevro-2020. Angliya - Xorvatiya uchrashuvida yagona gol o‘yin masalasini hal qildi

Baho:
+ | -

Yevro-2020 guruh bosqichi 1-tur doirasidagi Angliya hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Dastlab asosiy tarkib haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Garet Sautgeyt mazkur o‘yin uchun 4-3-3 sxemasini tanladi. Darvozani «Everton» futbolchisi Jordan Pikford qo‘riqladi. Markaziy himoyada Tayron Mings hamda Jon Stounz juftligi ishladi. O‘ng qanotda Kayl Uoker va chap qanotda esa Kiran Triper lateral vazifasini bajarishdi.

Tayanch yarim himoyaga Deklan Rays nomzodi mos deb ko‘rilgan bo‘lsa, Kallum Fillips markazda ham hujumga ham himoyachilarga yordam berish vazifasini bajardi. Meyson Maunt esa erkin ijodkor sifatida o‘ynash uchun tushirilgani ma’lum bo‘ldi. Rahim Sterling va Fil Foden qanotlarda anchagaina faol harakat qilishdi. Harri Keyn uchun birinchi bo‘limda imkoniyat bo‘lmadi. Unga xorvatiyalik himoyachilar jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi.

Bevosita o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak. Birinchi bo‘limning ilk 10 daqiqasida inglizlar uchta xavfli vaziyat yuzaga keltirishdi. Ilk vaziyat 6-daqiqada Harri Keynning markazdan yurishi va o‘ng qanotda ochiq turgan Fil Fodenga tezkorlik bilan yetkazib berishi ila boshlandi. «Manchester Siti» vingeri bu vaziyatda to‘pni chapga biroz to‘g‘irlagan holda uzoq burchakni mo‘ljalga oldi va Livakovich qo‘riqlayotgan darvoza to‘riga emas, ustuniga borib maydonga qaytdi.

Sterling o‘z qanotidan yorib kirish uchunn bir necha bor urindi va Meyson Mauntning uzatmasidan keyin darvozaga keskin yaqinlashib bordi. Zarba berish palla kelganida esa himoyachi qarshilik ko‘rsatishga ulgurdi. Yana bir vaziyatda burchakdan to‘p kiritildi va havodan qaytgan to‘pni Filips yerga tushirmasdan darvozaga aniq yo‘lladi. Bu vaziyatda esa Livakovich ajoyib seyvni amalga oshirdi. Birinchi bo‘limda deyarli boshqa xavfli vaziyat kuzatilgani yo‘q.

Xorvatiyaning tarkibi haqida gapiradigan bo‘lsak, jamoaning asosiy yulduzlari yarim himoyachilar hisoblanishadi. Modrich, Brozovich, Kovachich. Hujumda Perishich, Rebich, Kramarich uchligi tushirildi. Himoya chizig‘i JCH-2018ga nisbatan 50 foiz yangilangan.

Ikkinchi bo‘lim avvalida Luka Modrich uzoqdan Pikford darvozasini o‘qqa tutdu. Kiperdan seyv amalga oshirildi.

Uchrashuvning 57-daqiqasida Filipsning markazdan yorib kirishi va Sterlingga chiroyli uzatmasi Rahim darvozani ishg‘ol etishi bilan yakunlandi. Belsa shogirdi Sterlingga golni «chaynab berdi» va «Manchester Siti» vingeri hisobni ochdi — 1:0.

Xorvatiya goldan keyin bosim qilishni boshladi. Inglizlarda esa yana bir qulay imkoniyat yuzaga keldi. Chap qanotdan Mauntning uzatmasini Keyn deyarli bo‘sh qolgan darvozaga kirita olmadi. Bunda to‘p havodan yerga bir sapchib kelgan va Harriga himoyachi qarshilik ko‘rsatishda ulgurib bo‘lgandi. Keyn yiqilayotib zarba berdi va darvoza ustuniga borib urildi. Yaxshiyamki, jarohat olmadi.

67-daqiqada Meyson Maunt jarimadan xavfli zarba yo‘lladi. Biroz noaniq.

Xorvatiya goldan keyin bosim qilishni boshladi. Inglizlarda esa yana bir qulay imkoniyat yuzaga keldi. Chap qanotdan Mauntning uzatmasini Keyn deyarli bo‘sh qolgan darvozaga kirita olmadi. Bunda to‘p havodan yerga bir sapchib kelgan va Harriga himoyachi qarshilik ko‘rsatishda ulgurib bo‘lgandi. Keyn yiqilayotib zarba berdi va darvoza ustuniga borib urildi. Yaxshiyamki, jarohat olmadi.

Umuman olganda, Luka Modrichga maydon markazida erkin harakat qilishi uchun imkon berishmadi. Ko‘p vaziyatlarda uning yonida ikki-uch nafar ingliz futbolchisi paydo bo‘lib, to‘pni olib qo‘yishga harakat qilishdi yoki qoida buzish evaziga to‘xtatib qolish varianti qo‘llandi.

Mateo Kovachich ham hujumga qo‘shilish uchun imkoni boricha harakat qildi. Ammo, tan olish kerak Angliya raqib jamoa futbolchilarini qunt bilan o‘rganib chiqqani yaqqol ko‘rindi.

70-daqiqada Markus Reshford Fodenni almashtirdi. Bilasiz, 24 yoshli MYU hujumchisi o‘tgan mavsumni yelkasidagi og‘riq bilan o‘tkazdi va ushbu Yevro yakunlanganidan keyin jarrohlik stoliga yotishi ma’lum qilib bo‘lingan edi.

74-daqiqaga kelib Sterling imkoniyatni ko‘kka sovurdi. Mings burchakdan kelgan uzatmani Rahimga tashlab berdi va u deyarli 11 metr masofadan chap oyog‘ida zarba berdi. Noaniq.

Markazda Filips Angliya terma jamoasiga munosib futbolchi ekanligini namoyish etdi. Ham hujumga qo‘shilishda, ham himoyachilarga yordam berishda Kallum juda foydali ishladi.

Uchrashuvning 82-daqiqasida Harri Keyn o‘z o‘rnini 18 yoshli xavbek Jud Belingemga bo‘shatib berdi.

Xorvatlarda esa Rebich, Karamarich, Brozovich o‘rniga Petkovich, Brekalo, Vlashich maydonga tushirildi.

Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Rahim Sterling 90-daqiqada o‘rnini Kalvert-Lyuinga bo‘shatib berdi.

O‘yin 1:0 hisobida Angliya terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Angliya – Xorvatiya 1:0 (0:0, 1:0)
13 iyun, 18:00, «Uembli»

Gol: 1:0 – 57 Sterling.

Angliya – Pikford, Uoker, Mingz, Trippyer, Stounz, Rays, Fillips, Foden (Reshford, 71), Maunt, Sterling (Kalvert-Lyuin, 90), Keyn (Bellingem, 82).

Xorvatiya – Livakovich, Gvardiol, Vida, Chaleta-Sar, Vrsalko, Brozovich (Vlashich, 70), Kovachich (Pashalich, 85), Perishich, Modrich, Rebich (Petkovich, 78), Kramarich (Brekalo, 70).

Ogohlantirishlar: Chaleta-Sar (42), Kovachich (48), Foden (64), Brozovich (66).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:52, 13.06.2021.
O'qildi: 3220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.