Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-0 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-0 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

YEVRO-2020'ning dastlabki uch kunidan kichik xulosalar

YEVRO-2020'ning dastlabki uch kunidan kichik xulosalar

Baho:
+ | -

Kristian Eriksen qulaganda g‘alati hislarni tuydim.

Sharhda edim. Minglab, balki millionlab insonlar uchun vaziyatni izohlab borishim kerak edi-yu, lekin so‘z kelishi qiyin kechdi. O‘ta qiyin. Hozircha bu mening uchun Yevropa chempionatidagi eng yodda qolarli voqea bo‘lib qolaveradi.

Ammo, albatta boshqa voqelar ham bor. Qisqacha ularga to‘xtalib o‘taman.

O‘zgarayotgan Italiya. Bu haqda mana bu yerda yozdim ham. Roberto Manchining jamoasining ikkinchi o‘yinini ko‘rishni intiqlik bilan kutayapman. Zotan, Italiyaliklar turklarning fonida juda yorqin ko‘rindi. Aslida ham shundaymi, yo‘qmi buni aniqlash uchun vaqt kerak.

Darvozabonlar chempionati. Finlandiya darvozaboni Lukash Gradeski, Uels vakili Denni Uord, Ukraina a’zosi Georgiy Bushan, Shveysariya futbolchisi Yan Zommer... bular uch kun davomida meni o‘z o‘yini bilan xayratlantirgan darvozabonlar. Seyvlar ko‘p va bir-biridan go‘zal. Ular safiga hali yana bir necha nom qo‘shilsa kerak.

Nomlar: Lorenso Insinye (Italiya), Brel Embolo (Shveysariya), Romelu Lukaku (Belgiya), Kelvin Fillips (Angliya), Aleksandr Yermolenko (Ukraina) – bular hozircha ajratib qo‘yganlarim. Ularning orasidan eng yoqqani esa Kelvin Fillips bo‘ldi.

Bugungi o‘yinlarda hamkasblarim ishlaydi. Bugun ispanlar start olishadi. Bugun men kichik simpatiya bildiradigan Chexiya o‘yin o‘takazadi. Zo‘r o‘yinlar, xullas.

Manba: t.me/tolipovuz
Kiritildi: 13:53, 14.06.2021.
O'qildi: 2050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.