Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Xonda Ozarbayjonda shunchaki, «yondirdi»

Xonda Ozarbayjonda shunchaki, «yondirdi»

Baho:
+ | -

Yaponiya futbolining bosh jahongashtasi Keysuke Xonda Bokuning «Neft­chi»si tarkibida 2 oycha o‘ynadi va «Qorabog‘»ning 7 yillik gegemoniyasi barham topishiga hissa qo‘shdi. Faxriy yarim himoyachi shuning barobarida Bokuda turib, yaponiyalik  talabalarga ingliz tilidan saboq berdi va Afrikada boshlangan loyihalarga sarmoya kiritdi.

Keysuke Xonda - Yaponiya futboli tarixidagi eng yorqin legio­nerlardan biri. U jumladan, Rossiya chempionatida ham chakki taassurot qoldirmadi. Rang-barang soch turmagiga ega Keysuke SSKAga Niderlandiyaning «Vitess» klubidan keldi (uning ustozi Leonid Sluskiy bir necha yildan keyin aynan shu jamoani ham boshqardi). Xonda RPLdagi debyut mavsumidayoq zambarak o‘qidek jarima zarbalari bilan barchani hayratga soldi. Deylik, CHL 1|8 finalida «Sevilya»ga qarshi kechgan bahsda aynan Keysukening betakror zarbasi ortidan SSKA keyingi raundga chiqdi. Biroq Xonda va «armiyachilar» xayrlashuvi ancha og‘riqli bo‘ldi - futbolchi muddati tugashiga 1 yil qolgan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi. Klub esa uni «sariq chaqa»ga qo‘yib yuborishni istamadi. Keysuke yakunda 2014 yilning qishida «Milan» safiga qo‘shildi. Ammo yapon yigiti «A» seriya yulduziga aylanolmadilar, «rossonerlar» bilan aloqani uzganidan keyin esa, dunyo bo‘ylab sayr boshladi: Portugaliya, Braziliya, Avstraliya. Xonda orada hattoki, Kambodja terma jamoasida ishlashga ham ulgurdi. Qisqasi, jahongashta futbolchi maqomini oldi.

Xondaning faoliyatida kulguli burilish ham kuzatildi - «Botafogo»dan qochib, Portugaliyada qo‘nim topdi, ammo yangi klubda atigi 3 kun ushlanib turdi. 34 yoshida esa Ozarbayjon chempionatiga yuzlandi. Aniqroq aytsak, Keysuke joriy yil mart oyida mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma asosida «Neftchi» safiga qo‘shildi. «Aslida oldimda yana bir variant bor edi, ammo Yevropa klubida o‘ynashni xohladim, - deya o‘z tanlovini tushuntirgandi Xonda. - Menga bunday imkoniyatni «Neftchi» taqdim etdi. Ko‘pchilik nega Yaponiyaga qaytmaganim xususida so‘raydi. Javobim oddiy: «U yerda 3 yil o‘ynab ko‘rganman va endi qaytish o‘zim uchun qiziq emas. Hamma yana avvalgi klublardagi xatolarimni aytadi, lekin o‘zim hamisha yangi chorlovlarni qidirganman. Mana, Ozarbayjonda yangi sinov topdim. Albatta, «Neftchi» bilan yaxshi natijalarga erishmoqchiman. Tan olaman, faoliyatim davomida juda ko‘p adashganman, xatolarga yo‘l qo‘yganman, ammo bu yerda o‘zimni yana bir bora ko‘rsatmoqchiman».

Keysuke Xonda 2 oy davomida «Neftchi»ning 7ta o‘yinida maydonga tushib, 2ta gol urdi. Ozarbayjon chempionatining ayniqsa, finish qismi qizg‘in tus oldi. «Neftchi» oxirgi turda o‘zidan atigi 1 ochko oldinda borayotgan peshqadam «Qorabog‘»ni qabul qildi. Qatorasiga 7 mavsum chempionlik bayrog‘ini saqlab kelgan mehmon jamoa 90-daqiqada ham o‘ziga maqbul hisob (0:0)ni saqlab turgandi. Oxirida o‘yin yakunlanishiga atigi 5 daqiqa qolganida maydonga tushgan bolgariyalik Ahmad Ahmedov amaldagi chempion darvozasini nishonga oldi va «Neftchi» 8 yillik tanaffusdan keyin taxtga ko‘tarildi. Asosiysi, Xonda jamoasi «Qorabog‘»ning 7 mavsumga cho‘zilgan chempionlik seriyasini uzib qo‘ydi. Darvoqe, oxirgi 10 yillikning boshida katta iqtidor sifatida ko‘zga tashlangan Emin Mahmudov ham Xonda qatori chempionlikni nishonladi.

Xonda «Neftchi» sharafini himoya qilishdan tashqari, yaponiya­lik talabalarga onlayn tarzda ingliz tilidan saboq berishga ham vaqt ajratdi. U shuningdek, Afrikada boshlangan bir necha loyihaga sarmoya kiritdi.

***    Keysuke Xonda endi Yaponiya olimpiya terma jamoasi tarkibidan joy olib, Tokio Olimpiadasida ishtirok etishni o‘ylamoqda: «Tushunaman, «zayavka»ga tushishim qiyin masala, chunki terma jamoada jiddiy raqobat bor. Boz ustiga, Olimpiadada qatnashadigan yoshi katta futbolchilar soni cheklangan».

***        Oxu.Az ma’lumotlariga qaraganda, Xonda «Neftchi»da maosh olmagan. Klub faxriy yaponga faqat uy va avtomobil ajratgan, xolos. Xullas, Keysuke shunchaki, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, sport formasini tiklashni o‘ylagandi, amalda esa tarixiy g‘alaba ishtirokchisiga aylandi.

 

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:20, 16.06.2021.
O'qildi: 5835 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.