Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Ronaldu va Pogbaga nisbatan intizomiy chora ko‘rilishi mumkin

Ronaldu va Pogbaga nisbatan intizomiy chora ko‘rilishi mumkin

Baho:
+ | -

Matbuot anjumanlari paytida Yevro-2020 homiylari ichimliklar shishalarini stollardan olib tashlagan Krishtianu Ronaldu va Pol Pogbaning harakatlari birinchi navbatda Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqiga (UYEFA) ta’sir qilishi mumkin.


"Agar kompaniyalarning UYEFA bilan tuzgan shartnomalarida jarimalar belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, unda ular avval UYEFAga nisbatan qo‘llaniladi va u murojaat qilish jarayonida milliy federasiyalardan tovon puli talab qilishi mumkin. Shunga ko‘ra, Ronalduga nisbatan har qanday sanksiyalarni qo‘llash yoki qilmaslik allaqachon Portugaliya milliy federasiyasining huquqidir. Agar xuddi shu Ronaldu tomonidan axloqiy xatti-harakatlar yoki axloq qoidalarining buzilganligi aniqlansa, UYEFA intizom qo‘mitasi ushbu futbolchiga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqishni boshlash huquqiga ega", dedi sport huquqshunos Yevgeniy Morozov.

Morozovning ta’kidlashicha, futbolchilarga nisbatan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jazolar ularning federasiyalari bilan tuzgan shartnomalariga bog‘liq.


"Portugaliya va Fransiya federasiyalari o‘z futbolchilari bilan qanday shartnomalar tuzganini bilmayman. Ammo bizda qonunbuzarliklar uchun aniq sanksiyalar mavjud. Moliyaviy xarakterdagi jarimalar, chunki futbolchi va milliy federasiya o‘rtasidagi kelishuv fuqarolik xarakteriga ega. Milliy federasiyalarda intizomiy jazo choralarini qo‘llash mexanizmlari mavjud - intizom qo‘mitasi va axloq qo‘mitasi orqali.


Agar [ushbu vaziyatda] UYEFA intizom kodeksining buzilishi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun kiritish zarur deb hisoblansa, unda moliyaviy sanksiyalardan tashqari, intizomiy jazo choralari ham bo‘lishi mumkin - ma’lum miqdordagi diskvalifikasiya - deya xulosa qildi advokat.

Kiritildi: 20:49, 16.06.2021.
O'qildi: 12520 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик