Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi himoyachisi Matias Ginter yozda o‘z jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi. Futbolchining agentlari o‘z mijoziga yangi klub izlay boshladilar. Ta’kidlanishicha, Ginter xizmatlari Kataloniyaning "Barselona" va Londonning "Tottenxem" jamoalariga taklif qilingan.
Transfermarkt 27 yoshli nemis futbolchisini 30 million yevroga baholamoqda. O‘tgan mavsumda Ginter 46 uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.