Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Futbolchi katta maoshga haqlimi?

Futbolchi katta maoshga haqlimi?

Baho:
+ | -

Hisob-kitobga usta xalqmiz. Mana, futbolchilar oladigan mablag‘ini ham yil, oy, soat va daqiqasigacha hisoblab chiqdik. Gap bo‘lishi mumkin emas. Faqat masalaning yana bir jihati bor.

Sport – bu sog‘lik, lekin professional sport – bu sog‘lik va umr evaziga biror natijaga erishish yo‘lidagi mashaqqatdir. Deylik, biznes qilishni niyat qilgan inson molini shu narsaga tikadi; sportda esa professionallikka intilgan inson marra uchun sog‘ligini tikadi.

Ko‘pchilik yoshlar haqiqiy sportchi bo‘lishni orzu qiladi, ammo katta pul tikiladigan hamda obro‘ va shonli nuqtaga kelguniga qadar o‘zida iroda va matonat topib, yil-o‘n ikki oy yozning jaziramasiyu qishning qahratonida jismoniy yuklama, raqobat va jarohatlar girdobidan eson-omon o‘tib, tengqurlaridan farqli ravishda yoshlikning zavqli damlarini shu ishga qurbon qila olganlargina bu marraga yetib keladi. Umr va sog‘lik talab qiluvchi ushbu marraga eltuvchi yo‘l shunchalar uzun, qiyin va xavflarga boyki, yarim yo‘lda barchasi chilparchin bo‘lishi, umrning qaytarib bo‘lmaydigan yoshlik onlari ortda qolgan,  boshqa bir sohaning boshini ushlash kech, hayot esa umuman boshqa iznga burilib ketgan bo‘lishi mumkin. Jarohati bois “endi sizga yurish ham mumkin emas”, deb tashxis qo‘yilganda oiladagi motamni bayramga, intihoni ibtidoga aylantira olgan Mirjalol Qosimovga o‘xshaganlargagina nasib qiladi bu marra. Ushbu marra uchun sog‘lik tikilgan ekan, pirovard mahsul ham qiymatda salmoqli bo‘lishi tayin.

Alqissa, professional futbolchilar – millionlab yoshlar ichida barcha mashaqqatu to‘siqlarni yengib marraga yetib kelgan saralardir. Ularning “bozor”dagi qiymatini narxlovchilar esa xaridorlar. Talab va taklif; “tovar”ga qancha narx berish ularning ishi, bunda futbolchini ayblash?..

Shartnomadagi barcha narsa ochiqlanishiga qarshi emasman. Bu, futbolchi atrofidagi turli “o‘yin”larga barham beradigan holat. Ammo futbolchi mehnati uchun o‘ziga, oilasiga rizq bo‘lib kiradigan mablag‘, u qancha bo‘lishidan qat’i nazar — buyursin!

Abror Pirriyev
"Lokomotiv" futbol klubi shifokori.

Manba: https://t.me/abrorpirmuhammad
Kiritildi: 23:00, 19.06.2021.
O'qildi: 4044 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик