Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Ulug‘bek Baqoyev: «Paxtakor» bilan safarda durang o‘ynash — biz uchun muhim ochko»

Ulug‘bek Baqoyev: «Paxtakor» bilan safarda durang o‘ynash — biz uchun muhim ochko»

Baho:
+ | -

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» — «So‘g‘diyona» (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Paxtakor» — kuchli jamoa va amaldagi O‘zbekiston chempioni. Ular bilan ochiq futbol o‘ynash juda og‘ir. Shu bois himoyadan o‘ynashga qaror qildik, himoyada yaxshi harakat qildik. Menimcha, durang adolatli natija. Ular ham, biz ham darvoza to‘sinni poyladik. Keyingi o‘yinlarda «Paxtakor»ga omad tilayman, biz esa keyingi bahslarga tayyorgarlikni boshlaymiz", — deb gap boshladi Baqoyev.

— «Paxtakor» bir qator yetakchilari bugun maydonga tushmasliklari oldindan ma’lum edi. «So‘g‘diyona» g‘alaba qozonib birinchi o‘ringa chiqib olish imkoniyatidan foydalana olmadi. Futbolchilar so‘nggi daqiqalarda ochiqchasiga vaqt cho‘zishdi, bu nima bilan bog‘lik?
— O‘yin doim ham siz xohlagandek chiqmaydi. Oldingi 9ta turning barchasida kamida bittadan gol urib kelayotgandik. Bugun esa bu an’anamiz yakuniga yetdi. Bunga «Paxtakor» futbolchilari yo‘l qo‘yishmadi. Biz natija uchun o‘ynadik va o‘sha natijaga erishdik. Rahbariyatni bir ochko bilan tabriklayman.

— Bugun Norxonovning o‘yini uncha o‘xshamadi. Bu uning terma jamoadan yaqinda kelgani sababli bo‘ldimi?
— U kuni kecha Saudiya Arabistonidan qaytib keldi. Shohruzni taxminan 1 oy ko‘rmadik. Uning hozirgi holati bilan to‘liq tanish emasmiz. Tez orada u yana o‘z formasiga qaytib oladi.

— Durangdan qoniqdingizmi?
— Ha, amaldagi chempion bilan safarda durang o‘ynash biz uchun muhim ochko hisoblanadi.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 23:09, 19.06.2021.
O'qildi: 1674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.