Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

"Falajlangan" Ispaniya". "Qizil furiya" nega bunchalik kuchsizlanib qoldi?

"Falajlangan" Ispaniya". "Qizil furiya" nega bunchalik kuchsizlanib qoldi?

Baho:
+ | -

Luis Enrike boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasi ayni damda Yevro-2020 turnirida muvaffaqiyatsiz natijalar qayd etmoqda. Aslida, ispanlar uchun salbiy ko‘rsatuichlar ancha avval, ya’ni 2014 yildagi Mundialda boshlangan edi. Keling, ispanlarning mana shu muvaffaqiyatsiz turnirlari va bunga sabab  bo‘layotgan jihatlarga to‘htalib o‘tamiz. 

Ispaniya 2014 yilgi Mundialda

Visente del Boske boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasi anchagina kuchli tarkib bilan ushbu Braziliyadagi Jahon Chempionatiga yetib kelgan edi. O‘shanda tarkibda Xavi, Inyesta, David Silva, Kasilyas, Xabi Alonso, David Vilya, Fernardo Torres kabi katta nomlar bor edi, ammo guruh bosqichidagi ilk bahsda ular Niderlandiyadan qaqshatkich zarba qabul qilib oldi. "Uchar gollandlar"ning 5 ta goliga o‘shanda "qizil furiya" bitta gol bilan javob bera olgan. Ikkinchi o‘yinda ham ispanlar Konmebol vakili Chiliga 2-0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Faqatgina so‘nggi o‘yinda Ispaniya Avstraliyani mag‘lub etdi, ammo endi kech edi. Kuchli tarkibga ega Ispaniya o‘z yurishini guruh bosqichining o‘zida yakunlashga majbur bo‘ldi. 

Ispaniya Yevro-2016 turnirida

2016 yilgi Yevropa Chempionatiga ispanlar anchagina yangilangan tarkib bilan tashrif buyurdi. "Barselona" va "Real Madrid" klublari futbolchilari bir paytlari jamoaning asosiy o‘zagini tashkil etsa, endi vaziyat biroz o‘zagra boshladi. Nolito, Morata, Xuanfran, Koke, De Xea, Tyago Alkantara va Ektor Belyerin kabi bir qator futbolchilar asta-sekin asosiy tarkib futbolchilariga ayalanib borayotgan edi. Eski tarkibdan qolgan futbolchilarning ko‘pchiligining faoliyatida pasayish sodir bo‘la boshladi. Ular guruh bosqichining ilk ikki o‘yinida Chexiya va Turkiya terma jamoalariga imkoniyat qoldirmadi, ammo 3-turda Xorvatiya irodali g‘alaba evaziga Ispaniyani mag‘lub etdi va guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Shunday qilib, ularning keyingi bosqichdagi raqibi Italiya edi. "Skuadra Adzurra" nimchorak finalda "qizil furiya"ni 2-0 hisobida mag‘lub etdi va ularning yurishi yana erta o‘z nihoyasiga yetdi.

Ispaniya 2018 yilgi Mundialda

2018 yilgi Rossiya maydonlarida o‘tkan Mundialda ispanlar Portugaliya, Eron va Marokash kabi terma jamoalar bilan bir guruhdan o‘rin egallagan edi. Ilk turda Portugaliya bilan kechgan drammatik bahsda 3-3 hisobida durang natija qayd etildi. Ikkinchi turda "qizil furiya" Osiyo qit’asi vakili Eronni qiyigchilik bilan mag‘lub etdi. So‘nggi turda esa ispanlar Marokash bilan durangga imzo chekdi. Qiyinchiliklarga qaramay ular guruhni birinchi o‘rin bilan yakunladi. Keyingi bosqichda esa musobaqa mezboni Rossiya ularga qarshi maydonga ko‘tarildi. O‘yinning 11-daqiqasida Sergey Ignashevich o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘yib, ispanlarni oldinga olib chiqdi, 41 daqiqada esa Dzyuba penaltidan unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi. 120 daqiqa kechgan bahsda hisob boshqa o‘zgarmadi va penaltilar seriyasi hammasini hal qildi. Unda ruslar 4-3 hisobida zafar quchib, sensatson g‘alabani qo‘lga kiritdi, ammo buni men sensasiya deb hisoblamagan bo‘lar edim. Bu ispanlarning navbatdagi omadsizligi yoki kuchsizligi mahsuli.

"Qizil furiya"ga nima yetishmayapti?

So‘nggi 10-15 yilning eng sovrindor jamoasi aynan Ispaniya terma jamoasidir So‘nggi 5-6 yilda esa ular bu nomga loyiq o‘yin ko‘rsata olishmayapti. Ularning muvaffaqiyatsizligida men ma’lum shahslarni yoki futbol federasiyasini ayblamoqchi emasman. Shunchaki, bir "quturgan avlod" fonida hozirgisi kuchsiz ko‘rinib qolmoqda. Aslida, hammasi 2014 yilda boshlandi. Jamoa sardori Puyol o‘zining termadagi faoliyatini yakunladi va buyog‘iga ispanlarning himoyasida muammolar paydo bo‘la boshladi. Garchi, Ramos va Pike ham jahon darajasidagi himoyachilar bo‘lsada Karlesning yo‘qligi jamoaga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. O‘sha Ispaniyaning "oltin avlodi"dagi ko‘p o‘yinchilar faoliyatini yakunlashi, terma jamoa o‘yiniga ham jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Qanchalik xohlamaylik endi ularda bunday tarkib yo‘q va u kabi natijalar ham ortda qolgan, ammo yangi tarix qachondir yoziladi. Bu balki 10, 20 yoki 100 yildan keyindir, hozircha esa "qizil furiya" muxlislari o‘sha 10-15 yil avvalgi sovrinlar bilan maqtanib yurishlari mumkin.

Ayni damdagi Ispaniya

Yevro-2020 turnirida Ispaniyaning o‘yinlarini ko‘rib, hamon ularda "tiki-taka"dan ayrim elementlar saqlanib qolganiga guvoh bo‘ldim, ammo uslub o‘zining kuchli ijrochilari bilan mukammalroq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ayni dam mazkur terma safida "Real"dan biror futbolchi yo‘q va "Barselona"dan Pedri, Alba va Buskets bor holos. Shuningdek, tarkibda iste’dodli yosh futbolchilar ko‘p, ammo jahon darajasidagi, o‘yinni o‘ziga ola oladigan katta nomlar deyarli yo‘q. Morata ushbu turnirda ispanlarni o‘z gollari bilan yetaklashi kerak edi, ammo uning ikki o‘yindan so‘ng Polsha va Shvesiyaga foydasi ko‘proq tegdi. Bitti yoki ikta vaziyatni ko‘kka sovurish bu omadsizlik, ammo undan ortig‘i endi daraja. Ha, ayni vaqtda bu tarkib biror narsaga qodir deb hisoblamayman. "Qizil furiya" muxlislari faqatgina o‘sha vaqtlarni eslashlari va sog‘inishlari mumkin. Hujumdagi Vilya yoki Torresni, yarim himoyadagi Inyesta, Xavi va Silva kabi nomlarni va himoyadagi Puyol, Ramos, Arbeloa kabi futbolchilarni ular faqat yaxshi hotiralar bilan yodga olishlari mumkin. Hozirgi bu tarkib hali ancha shakllanishi va ayrim o‘yinchilar biroz ulg‘ayishi zarur. Shuningdek, "Barselona", "Real Madrid" va "Atletiko" klublari o‘z akademiyalaridan mahalliy futbolchilarni ko‘proq chiqarishi zarur. Bu faktor bevosita terma jamoaning o‘yiniga ham ta’siri katta ko‘rsatishini sekin-asta guvohi bo‘lmoqdamiz.

 

 

 

                                                                      Xudayqulov KARIM maqolasi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:55, 20.06.2021.
O'qildi: 4327 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.