Kirish Ro'yxatdan o'tish

Italiya «quruq» seriyasini ishonchli davom ettirmoqda

Italiya «quruq» seriyasini ishonchli davom ettirmoqda

Baho:
+ | -

Italiya Yevropa chempionatining guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida Uels terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi va ketma-ket hisobdagi 11- «quruq» g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Italiyaliklar so‘nggi 11 uchrashuvda 32 ta gol urishgan va bitta ham o‘tkazib yuborishmagan. Jamoaning g‘alabali seriyasi 2020 yil 11 noyabrdan boshlangan edi.

Bungacha Italiya Estoniya (4:0), Polsha (2:0), Bosniya va Gertsegovina (2:0), Shimoliy Irlandiya (2:0), Bolgariya (2:0), Litva (2:0), San Marino (7:0), Chexiya (4:0), Turkiya (3:0) va Shveysariya (3:0) kabi termalarni mahv etgandi.

Yevro-2020 1/8 finalida Italiya Avstriya yoki Ukraina bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 00:01, 21.06.2021.
O'qildi: 2862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик