Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Aleksandr Xomyakov: «Tashabbusni osonlikcha berib qo‘ydik»

Aleksandr Xomyakov: «Tashabbusni osonlikcha berib qo‘ydik»

Baho:
+ | -

Superliga 10-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Mash’al” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Quyida uning fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.

"Namanganliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinning borishidan mamnun bo‘ldim. Boshqacha futbol namoyish etishni istagandik, ammo o‘yin boshida rejalarimiz amalga oshmadi. Tezkor hujumlarga o‘tishni uddalay olmadik. Birinchi bo‘lim oxirida kutilmaganda o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. Ikkinchi gol esa qarshi hujumda urildi. Qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydik. “Navbahor” ikkinchi bo‘limda o‘yin nazoratini bizga topshirib, asosan himoyalandi. Rejamiz ish bermadi.

Mag‘lubiyatga uchradikmi, demak, o‘yin shunga loyiq bo‘ldi. Menimcha, bugun tashabbusni osonlikcha berib qo‘ydik. “Navbahor”ning o‘z darvozasidan kam to‘p o‘tkazib yuborgani, himoyada yaxshi o‘ynashini bildiradi. Himoyadan o‘ynab, bo‘sh hududlarga ochilib, hujum uyushtirishga intiladi. Bizda ham himoyadan hujumga va aksincha, hujumdan himoyaga o‘tishda aniq o‘ynashimiz talab etiladi. “Navbahor” aynan hujumdan himoyaga o‘tishda tezkor harakatlandi. Umuman olganda, penaltini inobatga olganda, bizda ham aytarli vaziyat yaratilmadi. Mezbonlar tarkibida tajribali, futbol o‘ynashni biladigan futbolchilar jamlanishgan. Bugun biz juda ko‘p yakkakurashlarni boy berdik", — dedi Xomyakov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:27, 21.06.2021.
O'qildi: 1553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик