"Inter" klubi va Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku 2018-yilda ruhiy kasallikka chalinganini aytdi. Lukakuning Tvitter-dagi izdoshlaridan biri hujumchidan ruhiy kasalligi borligini va u bilan qanday muomala qilganligini so‘radi, futbolchi esa bunga "2018-yilda ba’zi muammolarga duch keldim va bu haqda tez orada gaplashaman" - deb javob berdi.