«Derbi Kaunti» ustozi Ueyn Runi o‘z lavozimidan ketishni o‘ylamoqda.
Daily Mail xabariga ko‘ra, agar 35 yoshli mutaxassisga nisbatan shartnoma qoidalarini buzganligi uchun sanksiyalar qo‘llanilsa, u klubni tark etishi deyarli aniq bo‘ladi.
Runi rahbariyatga agar jamoa 1-ligaga tushib ketsa bu yerda ortiq ishlamasligi to‘g‘risida tahdid qilgan. Murabbiy bunday past darajadagi lavozimda ishlashni xohlamaydi.
Runi «Derbi»ni 2020 yil noyabridan beri boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsumda jamoa Chempionshipda 21-o‘rinni egalladi.