Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Yevro-2020. Stadion.uz xodimlarining Belgiya hamda Portugaliya o‘yini haqidagi taxminlari qanday?

Yevro-2020. Stadion.uz xodimlarining Belgiya hamda Portugaliya o‘yini haqidagi taxminlari qanday?

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa chempionatida nimchorak final bahslari davom ettiriladi.

Shubhasiz, ushbu bosqichning eng markaziy to‘qnashuvlaridan deya tilga olinayotgan bahslardan biri bugun Portugaliya hamda Belgiya jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Turnirdagi terma jamoalar soni 24 taga oshirilgandan so‘ng tabiiyki, intriga ham shunga yarasha yetarli darajada ko‘paygani bor gap. 1/8 finalning o‘zidayoq finalga teng o‘yin bizni kutib turibdi. Afsuski, bugun musobaqa favoritlaridan biri bilan xayrlashishga majburmiz. Xo‘sh, u qaysi jamoa bo‘lishi mumkin?!

Stadion.uz xodimlari esa bu borada o‘z taxmin va mulohazalarini bildirib o‘tadi.

Yusufbek Saydaliyev

Bugunning o‘zidayoq Yevroning asosiy favoritlaridan biri bilan xayrlashishga majburmiz. Biroq o‘rtamiyona jamoalarni ham musobaqa darajasidan pastda deb aytib bo‘lmaydi.

Bugungi o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, jamoalarning hozirgi egallab turgan mavqelari yuzasidan Belgiyaga kichik ustunlik berish mumkin.

Guruh bosqich uchrashuvlari boshlanmasidan oldin esa bu gapning teskarisini aytishim mumkin edi. Biroq statistik jihatdan portugallarning ustunlugini unutmaslik kerak - 7:6. Buning ustiga so‘nggi 5 ta o‘yinda Lukaku va uning jamoadoshlari raqiblarini biror marta ham yenga olishmagan.

Portugaliya guruhni ancha ishonchsiz tarzda o‘tkazganini menimcha barcha kuzatdi. Jamoa muxlislari pley-off yo‘llanmasi naqd bo‘lgunga qadar yuraklarini hovuchlab o‘tirgan bo‘lsa ajab emas. Darhaqiqat, Santush musobaqa davomida juda ko‘p tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Bularda yetarlicha asos bor. U Yevroning yulduzli tarkibini muhim pallalarda o‘ynatib yubora olmayapti.

Jamoani guruhdan o‘z yetakchilarining inersiyasi olib chiqib qo‘ydi. Biroq bu bilan endi ish bitishi qiyin. Raqib ancha jiddiy - Belgiya. Bugun Ronalduning o‘zi hisobdagi quvlashmachoqlarda asosiy qahramon bo‘ladi ham deylik, biroq Belgiya faqatgina Lukakuning o‘zi bilan tinchib qoladigan jamoa emas. «Qizil iblislar»ning zaxiradan maydonga tushadigan boshqa «iblislari» ham talaygina. Ularda o‘yinni burib yubora oladigan potensial yetarlicha.

Katta ehtimol, bugun Portugaliya murabbiyining ojizligi evaziga turnirni to‘g‘ri ma’noda tark etadi. Belgiyadagi sifatli ijrochilar o‘yin masalasini hal qilishini kutyapman. Biroq bittalik o‘yinlardagi Ronalduning xarizmasini ham unutmaslik kerak. Shuning hisobiga:

Belgiya 3:1 Portugaliya

Nizomjon Islomov

Shak-shubhasiz, bugungi o‘yinda Belgiya nisbatan favorit. Garchi Ronaldu darajasidagi futbolchisi bo‘lmasa-da, umumiy jihatdan Belgiya tarkib borasida Portugaliyadan kuchliroq.
Portugaliya so‘nggi yillarda kuchaygani rost. Tarkibda ham kuchli futbolchilar soni ko‘paygan. Jamoada xarakter bor.

Fikrimcha, o‘yinda Belgiya 1-raqamda harakat qiladi, Portugaliya esa juda qarshi hujumga asoslanib deya olmaymanku, baribir, ko‘proq qarshi hujumga tayanadi. Asosiy vaqtda durang qayd etilsa kerak. Penaltilar seriyasida esa omad kim tomonda bo‘lsa, o‘sha yutadi.
Men nega Portugaliya yutishi mumkin, deyapman, chunki g‘oliblik "hujayralari" Ronaldu va uning jamoadoshlarida ko‘proq.

Belgiya 2:2 (penaltilar. 5:6) Portugaliya

Dadajon Foziljonov

Bugun ikkita kuchli terma jamoalar ishtirokidagi murosasiz qarama-qarshilikka guvoh bo‘lamiz. O‘z o‘zidan pley off bosqichi bo‘lgani uchun ikkala tomon ham maksimum kuchi bilan harakat qiladi. Biroq ehtiyotkorlikni unutib qo‘ymagan holda. O‘ylashimcha mana shu ehtiyotkorlik Belgiya terma jamoasida ko‘proq bo‘ladi va ular himoyada raqiblariga qaraganda ishonchliroq o‘yin namoyish etishadi. Biroq, oldingi chiziq borasida kuchlar mutlaqo teng. Personalarga keladigan bo‘lsak, ikkala jamoada yetakchi, turnirning to‘purarlari mavjud.

Belgiya 3:2 Portugaliya 

Jamjidjon Mahmudov

Belgiya ham,  Portugaliya ham deyarli teng kuchli jamoa. Portugaliyalik safida Ronaldu bor,  Martines shogirdlarida esa jamoaviy o‘yin ancha shakllangan.  Bu bahs gollarga boy o‘tishini taxmin qilish mumkin.  Sababi,  ikki jamoada ham hujumni sevadigan futbolchilar ko‘p. Fikrimcha,  uchrashuvni belgiyaliklar minimal hisobda foydasiga hal qila oladi.

Belgiya 2:1 Portugaliya 

Nodirjon Abdurasulov

Bugun Belgiya-Portugaliya o‘yinida kuchlar teng. Ammo, Ronaldu effekti davom etishi mumkun. Krishtianu gol urmasa ham jamoadoshlariga motivasiya bera oladi deb o‘ylayapman.

Belgiya 1:2 Portugaliya 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:42, 27.06.2021.
O'qildi: 7518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.