Bugun Yevropa chempionatining nimchorak final bosqichi doirasida Xorvatiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tmoqda.
Xorvatlar uchrashuvning 20-daqiqasida raqibning avtogoli evaziga hisobni ochishdi. Pedrining uzatmasidan keyin to‘p "qizil furiya" posboni Unai Simonning oyog‘iga tegib, to‘rga borib tushdi.
Ushbu avtogol Yevro-2020dagi to‘qqizinchi avtogol bo‘ldi. "Opta" tarqatgan xabarga ko‘ra, avvalgi Yevropa chempionatlarida jami 9ta avtogol qayd etilgan edi.