"Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta Messini jamoada olib qolishga urinmoqda, ammo, hozircha buni amalga oshira olmayotganini ta’kidlab o‘tdi:
"Men Messini qoldi deyishdan mamnun degan bo‘lar edim, ammo hali buni eplay olganimcha yo‘q", - dedi Laporta.
Eslatib o‘tamiz, kecha argentinalik futbol yulduzining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi o‘z yakuniga yetdi. Hozircha uning kelajagi mavhumligicha qolmoqda.