Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Prevyu: Belgiya Italiyaga qarshi

Prevyu: Belgiya Italiyaga qarshi

Baho:
+ | -

Yevro 2020 o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirmoqda. Bugun biz siz bilan ikkita o‘yinga guvoh bo‘lamiz. Ulardan biri «Allianz Arena»da o‘tajak bahs: Belgiya - Italiya. Ushbu o‘yinda favorit jamoa mavjud emas. Nomlar jihatdan Belgiyada biroz ustunlik bor, xolos.

Belgiya Roberto Martinez boshchiligida ancha yildan buyon ijobiy natijalarga erishib kelmoqda. Uning davrida Belgiya tarkibida oltin avlod shakllandi. Ohirgi bahsda ular kuchli sanalgan Portugaliya terma jamoasini turnirdan «uloqtirib» tashlashga erishdilar. Guruh bahslarida ham mag‘lubiyat nimaligini bilishmadi.

O‘tgan haftada Italiya Avstriyaga qarshi o‘yin o‘tkazib, munosib ravishda raqibini mag‘lub etdi. Yirik hisob qayd etilgan bahsda italyanlar deyarli qiynalmadi. Ayni damda «adzurra» g‘alabali seriyasida davom etmoqda. Ular haqiqiy kuchini Belgiyaga qarshi ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Italiya Belgiyaga qarshi yaxshi statistikaga ega: 23 uchrashuvning 14 tasini o‘z foydasiga hal qila olgan. Belgiyani bu borada unchalik maqtana olmaydi.

O‘tkazilgan rasmiy uchrashuvlarning atigi, 5 tasida g‘alaba nashidasini surishga erishgan, xolos. Bugungi bahs belgiyaliklar uchun o‘zining sal’biy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yaxshi imkoniyatdir. Ikki terma jamoa o‘rtasidagi ohirigi bahs Yevro 2016 da bo‘lgan va o‘sha bahsda Italiya 2-0 hisobida zafar quchgan edi.

Turnirda Belgiya chorak finalgacha 4 ta o‘yinni barchasini yutdi. Italiyada ham xuddi shunday, 4 ta g‘alaba mavjud.

Belgiya tarkibida:

Eden Azar va Kevin de Bryunening maydonga tushmaslik ehtimoli bor. Timati Kastan hamda Simon Minyolelar jiddiy jarohati sababli Yevroni o‘tkazib yuborishmoqda.

Italiya tarkibida:
Turnir boshlanishi oldidan jamoa sardori, yarimhimoyachi Lorenzo Pelligrini jarohati sabab qatnashmasligi ma’lum bo‘lgan edi. Uning o‘rni, keyinchalik «Fiorentina» vakili Gaytano Kastrovilli bilan to‘ldirildi. Shuningdek, himoyachi Allessandro Florenzi ham maydonga tushishi so‘roq ostida qolgan.

Xullas, bugungi o‘yinda balki titanlar jangini ko‘rish imkoniga ega bo‘larmiz. Harxolda, ancha yillardan beri Belgiya tarkibi yulduzlar bilan to‘la, Italiyani esa bu mavsumdagi o‘yinlarini o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Biz esa maydon «yonishi»dan umidvormiz!

Jaloliddin Ismatov

Kiritildi: 19:50, 02.07.2021.
O'qildi: 2562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик