Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Bizning klublar nima uchun qisqa muddatli shartnomalardan manfaatdor?

Bizning klublar nima uchun qisqa muddatli shartnomalardan manfaatdor?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbol klublarining futbolchilar bilan tuzayotgan shartnomalari asosan qisqa muddatli ekani, bu qator muammolar keltirib chiqarayotgani 14 may kuni murabbiylar va klublar rahbarlari yig‘ilishida ko‘tarildi.

Gap shundaki, na O‘FA va na PFL klub va futbolchi o‘rtasidagi ishga aralasha oladi. Mazkur masala Futbolchilar maqomi va transferi reglamentida aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Bizning klublar nima uchun qisqa muddatli shartnomalardan manfaatdor ekanini quyidagi uch sabab bilan ko‘rsatish mumkin:

▪️Futbol klublarining katta qismi xususiy emas va ular davlat yoki davlat ulushi bor korxona tomonidan moliyalashtiriladi. Shunday ekan, ularda futbolchilar bilan klub uchun manfaatli kelishuvga erishish va kelajakda transfer tushumlari orqali klub g‘aznasini boyitish ehtiyoji bo‘lmagan.

▪️Futbol klublari o‘z smetasini davlat yoki davlat ulushi bor korxona bilan asosan 1 yillik ko‘rinishda kelishadi. Shuning uchun klublar uzoq yillik istiqbol haqida emas, asosan yil yakuniga qanday yetib olish haqida ko‘proq o‘ylaydi. O‘z-o‘zidan bu holat shartnomaga imzo chekayotgan futbolchiga ham ta’sir o‘tkazadi va futbolchi 2-3 yildan keyingi faoliyati so‘roq ostida bo‘lgan klubda uzoq muddat qolishni istamaydi.

▪️Futbolchi har yili yangi shartnoma imzolab, har safar yangi ko‘tarma pulini olishni afzal biladi. Ko‘tarma pullari asosan naqd ko‘rinishda berilgani bizni shubhaga tortadi va klub rahbariyati ham bu hodisadan manfaatdor degan xulosaga olib keladi (so‘nggi 1 yilda shu mavzuga qarshi kurash olib boramiz, ammo faqatgina PFL buni yecha olmaydi).

Biz futbolchi va klub o‘rtasida tuzilayotgan shartnoma masalasiga arasha olmaganimiz bilan, klublarning musobaqalarda ishtirok etishini tartibga solishimiz mumkin. Aytaylik, Yaponiyadagi kabi barcha klublar xususiy bo‘lganida edi, quyidagi tartibot umuman kerak bo‘lmasdi. Biroq bizning sharoitda:

Superliga klubi 45 nafardan ortiq futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi (o‘z akademiyasidan chiqqan futbolchilarni bu limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati bor). Klub yozgi transfer oynasida yana 10 nafar futbolchi olib kelishi mumkin. Buning uchun klub tahminan shuncha futbolchini ketkazishi kerak.

Futboli rivojlangan mamlakatlarga nazar solinsa, ular davralar oralig‘idagi transferdan faqatgina arzirli sabablar bilan foydalanadi. Aytaylik, muhim futbolchi uzoq muddatli jarohat olsa yoki klub kelajagi uchun foydali bo‘lgan biror futbolchi erkin agent maqomida (yoki arzonroq narxda) uchrab qolsa. Bizda esa murabbiy mavsum avvalida o‘zi tanlagan tarkibiga mavsum o‘rtasida yana o‘nlab o‘zgartirish kiritishi ko‘p kuzatiladi. Shundan kelib chiqib, yozgi transfer oynasida ruxsat etilgan son miqdorini kamaytirish taklifi bor.

Qishki transfer davomida klublar istalgan miqdorda yangi futbolchini o‘z safiga qo‘sha oladi. Biz mana shu joyda ham limit joriy qilish masalasini ko‘rsatishimiz mumkin. Bu klublarga yozgi transferdan faqatgina yil oxirini ko‘zlab emas, kelasi mavsum haqida ham o‘ylab foydalanish, shartnomasi yakuniga yetayotgan futbolchi bilan kamida yarim, ko‘pida 1-1,5 yil avval yangi muzokaraga kirishish majburiyatini yuklashi mumkin.

Manba: diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 12:02, 07.07.2021.
O'qildi: 2156 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик