Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

OFK yuqori saviyadagi mezbonlik uchun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildirdi

OFK yuqori saviyadagi mezbonlik uchun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildirdi

Baho:
+ | -

Kecha Toshkent shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionlar ligasi "H" va "I" guruhi uchrashuvlari o'z yakuniga yetdi.

"Bunyodkor" va "Lokomotiv" stadionlarida o'tkazilgan bellashuvlarda Sharq mintaqasidan tashrif buyurgan 8 jamoa o'zaro bahs olib bordi.

OFK Bosh kotibi Dato' Vindsor Jon O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga rasmiy xat yo'llab, mazkur OCHL uchrashuvlari yuqori saviyada tashkil etilganligi uchun OFK nomidan minnatdorchilik bildirdi.

"O'zbekiston futbol assotsiatsiyasini Osiyo chempionlar ligasi bahslarini muvaffaqiyatli tashkil etganligi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Shubhasiz, ushbu muvaffaqiyat zamirida O'FAning pandemiya sharoitiga qaramay, yuqori darajadagi tashkilotchilikni ta'minlashdagi fidoyiligi, tirishqoqligi va tinimsiz harakatlari turibdi.

OFK delegatsiyasi va ishtirok etuvchi klublarga ko'rsatgan ajoyib mehmondo'stlik hamda musobaqa davomida barchaning sog'lig'i va xavfsizligini ta'minlash va himoya qilish uchun qilingan barcha tadbirlar uchun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildiramiz.

Barchangizga tashakkur!

Osiyo futbol konfederatsiyasi kelgusida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan o'zaro hamkorlikni davom ettirishdan mamnun", - deyiladi OFK bosh kotibining rasmiy xatida.

O'z navbatida, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo chempionlar ligasi bahslari va boshqa qit'a musobaqalari mezbonligini O'zbekistonga ishonib topshirganligi uchun Osiyo futbol konfederatsiyaga minnatdorchilik izhor etib, hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini bildiradi.

Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston 2022-yilgi U23 Osiyo kubogi, 2023-yilgi U20 Osiyo kubogi hamda ayollar o'rtasidagi U20 Osiyo kubogi-2024 bellashuvlariga mezbonlik qiladi. Shuningdek, ayollar futboli bo'yicha 2022-yilgi qit'a birinchiligi uchun o'tkaziladigan Saralash bosqichi bahslari ham aynan yurtimiz maydonlarida bo'lib o'tadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 00:33, 13.07.2021.
O'qildi: 2510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.