Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Hayratomuz barqarorlik bilan yoki Shveysariya termasi haqida...

Hayratomuz barqarorlik bilan yoki Shveysariya termasi haqida...

Baho:
+ | -

Shveysariya milliy jamoasining Yevro-2020dagi tetik ishtiroki hech kimni befarq qoldirgani yo‘q. Tahlillarga ko‘ra, Vladimir Petkovich shakllantirgan kamtarin jamoaning asosiy sirlaridan biri - bu hayratomuz barqarorlik. Diqqat qiling, shveysariyaliklar qatorasiga 4ta yirik turnirda deyarli bir xil tarkibdan foydalanishdi. Murabbiy o‘sha-o‘sha, natija ham...

NATIJA BO‘YICHABARQARORLIK

Yaqin tarixga nazar solsak, Shveysariya milliy termasi oxirgi marta Yevro-2012dan chetda qoldi va va shundan keyingi 4ta yirik turnir (JCH-2014, Yevro-2016, JCH-2018 va Yevro-2020)da ham binoyidek ishtirok etdi. Oddiy e’tirof etganda, endilikda yirik turnirlar Shveysariya termasi qatnashuvisiz o‘tmaydigan bo‘lib qoldi. Muhimi, shveysariyaliklar oxirgi 4ta musobaqada ham barqaror natija ko‘rsatish asnosida ham e’tiborga tushdilar.

1). JCH-2014: guruhdan chiqishdi va 1|8 finalda mag‘lubiyatga uchrashdi. Braziliyada ularga ozgina omad yetishmadi - «overtaym» oxirida, ya’ni 118-daqiqada gol qo‘yib yuborib, Argentina termasiga yo‘l bo‘shatishdi.

2). Yevro-2016: guruhdan chiqishdi va yana 1|8 finalda omadsizlikka uchrashdi. Bu safar yanada alamli tarzda - penaltilar seriyasi natijasiga ko‘ra, Polsha termasiga imkoniyatni boy berishdi.

3). JCH-2018: guruhdan chiqishdi va 1|8 finalda yengilishdi. Nav­batdagi alam -SHvesiya termasiga qarshi kechgan bahsda shveysariyaliklarga «rikoshet» holatidan qo‘yib yuborilgan gol pand berdi (0:1).

4). Yevro-2020: guruhdan chiqishdi va 1|8 finalda nihoyat, g‘alabani tantana qilishdi. Vaholanki, Buxarestdagi bahsda ham ularga yana ozgina yetishmasligi hech gap emasdi. Deylik, Fransiya termasiga qarshi kechgan bahsda Vladimir Petkovich shogirdlari 1:0 hisobida oldinda bora turib, penaltidan foydalana olishmadi va oxirida «kuyib» qolishga yaqin kelishdi. Ya’ni 80-daqiqada ham 1:3 hisobida ortda borishayotgandi. Xullas, Shveysariya termasi bu safar oxirgi daqiqalarda 2ta gol urib, o‘yinni penaltilar seriyasiga cho‘zdi va 1|8 final to‘sig‘iga doir omadsizlik an’anasiga chek qo‘ydi.

 

TARKIB BO‘YICHA  BARQARORLIK

Shveysariya termasi Yevro-2020ning eng «qariya» ishtirokchisi emasdi. Deylik, turnir startida jamoa tarkibidagi futbolchilarning o‘rtacha yoshi 26,9ni tashkil etdi. Diqqat qiling, qit’a birinchiligida qatnashgan 24ta jamoadan 18tasining o‘rtacha yoshi bundan baland edi. Shunga qaramay, Shveysariya termasining tarkibga bog‘liq barqarorligi ham joyida.

1). JCH-2014: tarkibda hozirda ozgina unutilgan Filipp Senderos va Gyukxan Inler kabi yigitlar bor edilar, shuning barobarida Yevro-2020da qatnashgan 8 nafar yosh futbolchi ham Braziliyaga borgandi. Bular - Yan Zommer, Admir Mehmedi, Mario Gavranovich, Xaris Seferovich, Granit Jaka, Rikardo Rodriges, Fabian Sher va Jerdan Shakiri. Bu futbolchilarning oxirgi turnirda bosh rollarda namoyon bo‘lishganini alohida aytish joiz.

2). Yevro-2016: qit’a birinchiligi «zayavka»siga Braziliya mundialida qatnashgan futbolchilardan naq 15 nafari kiritildi. Ajoyib ko‘rsatkich.

3). JCH-2018: Rossiya mundialida ishtirok etgan 17 nafar futbolchi 2 yil oldin Yevro-2016da o‘ynagandi (to‘g‘rirog‘i, jamoa tarkibida bo‘lgan).

4). Yevro-2020: Vladimir Petkovich bu safar jamoa ro‘yxatida JCH-2018 «zayavka»siga tushgan 14 nafar futbolchiga joy ajratdi.

 

YETAKCHILAR BO‘YICHABARQARORLIK

Statistik ma’lumot: Shveysariya milliy jamoasi oxirgi 4ta yirik turnirda jami 17ta o‘yin o‘tkazdi - dastlabki 3tasida 4tadan va oxirgisida 5ta. Jamoa safida shu o‘yinlarning barchasida qatnashgan futbolchilar ham bor.

1). Jerdan Shakiri. Uning JCH-2010da ham 1ta uchrashuv o‘tkazganini qo‘shimcha qilish joiz.

2). Rikardo Rodriges. Qoyilmaqom natija.

3). Granit Jaka hisobida 16ta o‘yin bor - u oxirgi bahsdagina maydonga tushgani yo‘q.

4). Xaris Seferovich esa orada 1ta uchrashuvni o‘tkazib yubordi.

5). Yan Zommer 13ta uchrashuvda qatnashdi. U Yevro-2016dan buyon jamoaning birinchi raqamli darvozaboni.

6). Fabian Sher 12ta o‘yinda maydonga tushdi.

7). Admin Mehmedi oxirgi 4ta turnir hisobidan 10ta o‘yinga ega.

 

YETAKCHILAR HARAKATIBO‘YICHA BARQARORLIK

Zommer, Rodriges, Jaka, Shakiri va Seferovich hanuzgacha yetakchi futbolchilar qatoridalar, jamoaning asosiy yulduzlari ham shu yigitlar. Yana Sher chakki emas, faqat uning o‘ynash-o‘ynamasligi ko‘pincha Rodriges pozisiyasiga bog‘liq. Yetakchilarning Yevro-2020dagi ko‘rsatkichlari ham e’tiborga molik.

1). Jerdan Shakiri - 3ta gol, 1ta samarali uzatma

2). Xaris Seferovich - 3ta gol

3). Mario Gavranovich - 1ta gol

4). Granit Jaka - 1ta samarali uzatma

5). Yan  Zommer - ajoyib «seyv»­lar, penaltilar seriyasidagi qahramonlik.

Rikardo Rodriges ham ushbu ro‘yxatga kirardi, agar fransuzlarga qarshi bahsda penaltidan unumli foydalanganida.

 

MURABBIY BO‘YICHABARQARORLIK

Bosh murabbiy lavozimida barchasi juda oddiy. Vladimir Petkovich 2014 yili Otmar Xitsfeld o‘rnini egalladi va 7 yildan buyon Shveysariya terma jamoasida bamaylixotir ishlamoqda. Futbolchilar uning talablarini juda yaxshi bilishadi. Petkovich jamoasi ortda qolgan davr­da 4ta katta turnirda munosib qatnashishdan tashqari, Yevropa Millatlar ligasi yarim finaliga qadar yetib bordi va 3-o‘rin uchun kechgan o‘yinda Angliya termasiga faqat penaltilar seriyasi bo‘yicha yutqazdi. Muhimi, murabbiy tarkibga yoshlarni jalb qilishni ham unutayotgani yo‘q. Ayni payt jamoa safida 22 yoshli Ruben Vargas bor, u hozircha o‘rinbosar rolida. Petkovich jamoaning Yevro-2020 uchun kengaytirilgan tarkibiga himoyachilar Bechir Omerazich (19 yosh), Jordan Lotomba (22 yosh) va Eray Jemert (23 yosh)ni ham qo‘shgandi. 24 yoshli markaziy himoyachi Niko Elvedi yana bir necha yirik turnirda qatnashish salohiyatiga ega. Undan atigi bir yosh katta himoyachi Manuel Akanji haqida ham shunday deyish mumkin. Yarim himoyachilar - Denis Zakariya va Jibril Sou, shuning­dek, hujumchi Brel Embolo teng­doshlar (24 yosh). 26 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Kevin Mbabu ham nav­batini kutmoqda.

Umuman, Shveysariya termasining kuchi - jamoaviy harakat. Jaka, Shakiri va Seferovich avlodi vakillari hali tarixni yopmoqchi emaslar. Darvozabonning yoshi muammo emas, faxriy Zommer sport formasini me’yorida ushlab turishni yaxshi biladi. Himoyachilar - 30 yoshdan kichiklar. Yarim himoya uchun Yevropaning kuchli 5ta ligasida binoyidek to‘p sura boshlagan futbolchilar yetarli. Hujumda esa Embolo o‘zini ko‘rsatishga ulgurdi. Xullas, Petkovich tajribali faxriylarni asta-sekin yangi ijrochilar bilan almashtirib borishi mumkin. Shveysariya termasi JCH-2010dan keyin Yoan Juru, Stefan Lixtshtayner, Valon Behrami va Blerim Jemayli kabi yetakchilar o‘rnini og‘riqsiz to‘ldirish asnosida tarkibni yoshartirish jarayo­nini boshdan kechirgan ham...

JCH-2022 starti vaqtida Shveysariya milliy jamoasining yetakchi futbolchilari necha yoshda bo‘lishadi? Ularda qatorasiga 5-yirik turnirga borish imkoniyati bormi? Albatta, bor! Mana, o‘zingiz baho berishingiz mumkin: Xaris Seferovich, Rikardo Rodriges, Granit Jaka va Fabian Sher 30 yoshda bo‘lishadi. Jerdan Shakiri hamda Admin Mehmedi 31 yoshni qarshilashsa, Yan Zommer 34 yoshga to‘ladi. Mario Gavranovichda ham Qatar mundialiga borish imkoniya­ti yo‘q emas - u 33 yoshda bo‘ladi.

H.MASAIDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:00, 16.07.2021.
O'qildi: 3172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.