Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Breytueyt bilan hazillashmang...

Breytueyt bilan hazillashmang...

Baho:
+ | -

RMC Sport nashri xabariga qaraganda, Daniya milliy jamoasi va «Barselona» klubi hujumchisi Martin Breytueyt Forbes jurnali e’tiboriga tushdi. To‘g‘rirog‘i, odamlar pulini sanashni xush ko‘ruvchi AQSH nashri daniyalik futbolchini yer yuzidagi eng badavlat sportchilar reytingiga kiritdi. Bu ko‘pchilik uchun kutilmagan yangilik bo‘lgani turgan gap...

Diqqat qiling, Martin Breytueyt boyligi bo‘yicha «Barselona»da birgina megayulduz Lionel Messidan orqada, xolos. Kataloniya klubining qolgan barcha futbolchilari moddiy holat masalasida ko‘rinishiyu, o‘yin uslubi bilan yengil kulgu uyg‘otadigan daniyalik yigit oldiga tusholmaydilar. Gap shundaki, Martin bir necha muvaffaqiyatli biznes-loyihalarga ega. Jumladan, Fransiya va Ispaniyada shaxsiy kiyim-kechak brendini yo‘lga qo‘ygan futbolchini restoranlar tarmog‘i ham barqaror daromad bilan ta’minlab turibdi. Umuman, Forbes hisob-kitobiga ko‘ra, Breytueytning moddiy boyligi allaqachon 250 million dollarga yetgan.

Martin 2017 yili ko‘chmas mulkka bog‘liq biznes yo‘nalishiga 718 ming yevro miqdorida sarmoya kiritgan va bu o‘zini to‘la oqlagan. Futbolchining bobosi Filip Maykl «Ko‘chmas mulkni buzish: 18 oyda sof foydani qanday qilib 10 baravar ko‘paytirish mumkin?» kitobi muallifidir. U vaqtida Filadelfiya va Nyu-Jersining tarixiy «qora» kvartallarida zamonaviy turar-joylar barpo etishga millionlab sarmoya kiritgan. Breytueyt endilikda amakisi bilan hamkorlikda tadbirkorlik hamda yuqori texnologiyalar sanoatida afroamerikaliklar uchun kattaroq imkoniyat taklif etish harakatida. «Bir tomondan amerikalik ekanligimni hamisha yaqqol his qilaman. O‘ylashimcha, amerikacha fikrlashim shundan: buyuk ishlar orzusi bilan yashayman, oldimga katta maqsadlar qo‘yaman, qisqasi, hammani hayratga solishni istayman. Daniyada odamlar himoyasiga mo‘ljallangan ajoyib tizim mavjud. Hamma yaxshi yashaydi, hech kim nimagadir muhtoj emas. Amerikada esa hammasi hali ham boshqacha», - degandi futbolchi o‘z intervyularidan birida.

Martin va Filipning asosiy maqsadi - investision strategiya yordamida 100 ming yangi millioner chiqishini ta’minlash. Amaki-jiyan hozirda Filadelfiyada Temple 1 biznes-inkubatorini yo‘lga qo‘yishga ulgurgan. Loyihaga muvofiq, qora tanli yangi tadbirkorlarga o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun pul ajratiladi. Albatta, o‘zaro manfaatlar asosida, ya’ni daniyaliklar har bir biznesdan ma’lum miqdorda ulush olishadi.

H.MASAIDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:24, 16.07.2021.
O'qildi: 7013 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.